Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kareliya ko'lidagi fojia: 15 bola halok bo'ldi, 12 nafar bola shifoxonaga yotqizildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 159           Дата: 20-06-2016, 10:34          
Kareliya ko'lidagi fojia: 15 bola halok bo'ldi, 12 nafar bola shifoxonaga yotqizildi

18 iyun kuni Kareliyada baxtsiz hodisa ro'y berdi. «Park-otel «Syamozero» oromgohida dam olayotgan 47 nafar boladan iborat guruh 4 nafar instruktor bilan birga uchta qayiqda ko'lga sayrga otlanishgan. To'fon ko'tarilishi natijasida qayiq ag'darilib, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 15 nafar bola halok bo'lgan. Yana ikki nafar bola bedarak yo'qolgan. Tirik qolgan bolalar qirg'oqda tong ottirishgan, ular sovuqdan halok bo'lishiga bir baxya qolgan.

Barcha qutqarilganlar Petrozavodsk shahriga etkazilgan. FV natijasida jarohatlangan va kuchli stress holatiga tushgan bolalarning 12 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Bu erdagi bolalarning yoshi 12-15 yosh atrofida bo'lib, ular mazkur sog'lomlashtirish oromgohiga Moskva va Peterburg shaharlaridan dam olishga kelishgandi.

Huquqni muhofaza qilish organlari manbalari yo'qolgan bolalarni tirik topish imkoni juda pastligini ma'lum qilishdi.

«Bolalarning hammasi instruktorlar kabi maxsus qutqaruv kiyimida bo'lgan. Biroq ko'lning suvi deyarli muzdek, unda bir soatdan ortiq bo'lish, qoidaga ko'ra, o'lim holatiga olib keladi. Bolalarni qutqarishning imkoni bor, albatta, ammo imkon darajasi juda past», - deya xabar beradi TASS manbasi.

Bolalar bilan birga bir instruktorlardan biri ham halok bo'lganligi aytildi, lekin keyinchalik bu xabar inkor etildi.

Oromgoh xodimlarni so'roq qilish natijasida tergovchilar instruktorlar va etakchilarining bolalarni qutqarish uchun zarur choralarni ko'rmaganligi aniqlandi.

Qayd etish kerakki, shanba kuni ro'y bergan favqulodda hodisa haqida yakshanba kuni ertalab ma'lum bo'lgan. Shunda ham bu haqida qirg'oqqacha suzib kelishga muvaffaq bo'lgan va tuni bo'yi hushsiz yotgan 12 yoshli moskvalik qiz xabar bergan. O'ziga kelgach, u eng yaqin oradagi qishloqqa yordam so'rab kelgan. Yo'lda kelayotganida qirg'oqda behush yotgan bolaga ko'zi tushgan, biroq bolaning ahvoli og'ir bo'lganligi bois u mustaqil ravishda harakatlana olmasdi.

Qishloq ahli bundan xabar topib, qutqaruvchilarni chaqirishgan. Ular kelib yordam ko'rsatgunga qadar, qirg'oqdagi bolalar 12 soatdan beri yordam kutib yotgan bo'lishgan. Ularning ba'zilarini mahalliy aholi behush holda topib, qutqarib qolishgan. Jumladan, 11 nafar bola Kudamadagi (Syamozer qirg'og'idagi qishloq) itlarga yordam ko'rsatuvchi xodimlar tomonidan qutqarib qolingan.

«Bolalar muzlab qolishgandi, ularni zo'rg'a o'ziga keltirdik», - deydi itlar hujrasi egasi Natalya Stolyarova.

Mazkur hodisa jamiyatda kuchli muhokamalarga sabab bo'ldi. Tergov qo'mitasi jinoiy ish ochib, Kareliyaga bir guruh tergovchilarni jo'natdi. FVV baxtsiz hodisa ro'y bergan joyga vertolyotlar, katerlar va uchuvchisiz qurilmalarni etkazishdi. Shuningdek jabr ko'rgan bolalar bilan ishlash uchun bir guruh ruhshunoslar ham u erga yo'l olishdi.

Oromgohning sayohatga otlangan ikki etakchisi qo'lga olinib, tergov yuzasidan so'roq qilinmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur oromgoh ota-onalarning shikoyati tufayli avval ham hukumat nazariga tushgan. Oromgoh Moskva meriyasida ko'p millionli tenderlarni muntazam ravishda qo'lga kiritib kelgan.

«Park-otel Syamozero» oromgohi iste'molchilar huquqini himoya qilish bo'yicha Federal nazorat xizmati xodimlari tomonidan bir necha marotaba tanqid ostiga olingan. So'nggi uch yil ichida «Park-otel «Syamozero» ustidan jami 21ta da'vo arizasi kelib tushgan.

OAV oromgoh direktori Elena Vasilevna Reshetova va uning yordamchilari bilan bog'lana olishmagan. U «Park-otel «Syamozero»dan tashqari yana «Sanatorno-ozdorovitelnyy tsentr «Syamozero» va «KareliyaOpen» kompaniyalarining ham ta'sischi va rahbari bo'lgan. «KareliyaOpen» saytida bolalar sanatoriy-sog'lomlashtirish oromgohi reklama qilingan. Yo'llanma narxi - 34 ming rubl.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031