Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 149           Дата: 20-06-2016, 06:00          
«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

Italiyaning shimolida joylashgan Izeo ko'lida asli kelib chiqishi bolgariyalik bo'lgan amerikalik haykaltarosh Xristo Yavashevning yangi katta installyatsiyasi shanba kuni ochildi. «Suzuvchi yo'lakcha» (The Floating piers) nomli installyatsiya uch kilometrlik yo'lakchadan iborat bo'lib, eniga 10 metrni tashkil etadi. Suv ustidan o'tuvchi san'at asari qirg'oq bo'yidagi Suldzano shaharchasini Monte-Izeo orolchasi bilan bog'laydi.

Yo'lakchani yaratish uchun Xristo Yavashev inson og'irligini ko'tara oladigan va suv sathida tura oladigan 220 ming kub hajmdagi maxsus ashyodan foydalangan. Yo'lakchadan yurib ketayotgan odam o'zini suvning ustida yurayotgandek his etadi. Buni to'liqroq his etish uchun muallif «yo'lakchadan» oyoq kiyimsiz yurishni maslahat beradi. Oxirgi berilgan bezak maxsus olov rangdagi mato bo'lib, quyosh nurlari ostida yo'lakcha sariq rangga kiradi.

«Suzuvchi yo'lakcha» loyihasini amalga oshirish uchun haykaltarosh o'zining 15 million evrosini sarfladi. «Suvdagi yo'lak» uchun kirish bepul.

Italiyaning bu mintaqasidagi sayyohlik biznesi bu yangi loyihadan 50 million evro foyda ko'rishi kutilmoqda. "Skay-ti-ji-24" telekanalining ta'kidlashicha, installyatsiya o'rnatilganidan so'ng qirg'oq atrofidagi mehmonxonalarning narxi uch barobar oshib ketdi. Taxmin qilinishicha, Izeodagi «Suzuvchi yo'lakcha»larni ko'rish va ularning ustida sayr qilib ko'rish uchun ikki haftada yarim milliongacha sayyoh tashrif buyurar ekan. «Suzuvchi yo'lakcha»larning umri qisqa bo'lib, ularni 3 iyul kuni yig'ishtirib olishadi.

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

«Suv bo'ylab sayr» yoxud Italiyada Xristo Yavashevning installyatsiyasiga 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031