Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maktabdagi bo'sh ish o'rini uchun pora talab qilgan direktor o'rinbosari fosh etildi 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 263           Дата: 18-06-2016, 20:49          
Maktabdagi bo'sh ish o'rini uchun pora talab qilgan direktor o'rinbosari fosh etildi 

2015 yil may oyining oxirlari, maktabda qurilish ishlari olib borilayotgan edi. Maktab direktorining xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosari Barno Nazarova direktor Akmaljon Mahmudov bilan qurilish yuzasidan tashkiliy ishlarni hal qilayotgandi. Shu payt Akmaljonning uyali telefoniga bir ayol qo'ng'iroq qilib, o'zini Go'zal deya tanishtirdi-da, uchrashishni taklif qildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Akmaljonning agar imkoniyati bo'lsa, istirohat bog'i yoniga kelishini so'radi Oradan qancha vaqt o'tmay, o'zini Go'zal deb tanishtirgan bir ayol kelib, Akmaljon bilan salom-alik qilib, suhbatlasha boshladi. Ma'lum bo'lishicha, Go'zal maktabda ishga joylashish, shuningdek, 7 yoshga to'lgan jiyanini 1-sinfga qabul qilish haqidagi iltimos bilan kelgan ekan. Bu esa Barnoning e'tiborini tortmay qolmadi.

U birozdan keyin Go'zal bilan suhbatlashar ekan, ko'nglida g'araz niyat uyg'ondi. Maktabda kadrlar masalasi bo'yicha faqat o'zi shug'ullanishini, ayni paytda ingliz tili fani o'qituvchiligi bo'yicha vakant o'rinlar borligini aytib, Go'zalni qiziqtirib qo'ydi. So'ngra maqsadga ko'chib, bu ishni bitirish uchun 500 AQSh dollari berishni sha'ma qildi.

Ayol direktor o'rinbosarining taklifi qonunga xilof ekanligini tushundi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qildi.

...Barno Nazarova maktab binosining birinchi qavatida kutib turgan ekan. Go'zal kelishi bilan uni ichkari xonaga boshlab kirdi. Undan 500 AQSh dollarini olgach, tegishli hujjatlarni keyinchalik olib kelishini tayinladi. Shu payt xonaga departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va Andijon shahar bo'limi xodimlari kirib kelishdi. Shu tariqa B.Nazarovaning g'arazgo'ylik niyatida rejalashtirgan jinoyati fosh etildi.

Sud hukmiga ko'ra, Barno Nazarova qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031