Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston HHK tarixida ilk marta qiruvchi samolyotlarni ayollar boshqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 493           Дата: 18-06-2016, 14:10          
Hindiston HHK tarixida ilk marta qiruvchi samolyotlarni ayollar boshqaradi

Hindiston harbiy havo kuchlari tarixida birinchi marta jangovar qiruvchi samolyotlarni ayol-uchuvchilar boshqarishiga ishonch bildirildi. 18 iyun kuni - uchuvchilar tayyorlash akademiyasining 3 nafar bitiruvchisi mamlakat HHK uchuvchilar tarkibiga qabul qilingan.

Qizlarning har biri 150 soatdan parvoz qilib, birinchi bosqichni muvaffaqiyat bilan tamomlagan. Endilikda, ofitserlik tasmalarini olgan uchuvchi qizlar yarim yil mobaynida "Xouk" AJT (Advanced Jet Trainers Hawk) o'quv samolyotlarida o'z tajriba va ko'nikmalarini takomillashtiradi. Shundan so'ng, harbiy samolyotlarni qabul qilib, mavjud eskadrilyalar ixtiyoriga yuboriladi.

Hindiston mudofaa vazirligi rasman 2015 yildan ayol harbiy xizmatchilarga qiruvchi samolyotlarni boshqarishga ruxsat bergan edi.

Mamlakat HHK bosh qo'mondoni Arup Raxa, ayollarni o'quv kursini tamomlagani bilan tabriklar ekan, go'zal "zaifa" bo'lganliklari uchun ularning boshi silanmasligi, balki hamma qatori talab qilinishidan ogohlantirgan.

Qayd etilishicha, hind ayollari 2010 yildan boshlab, mamlakat piyoda qo'shinlari va HHK tarkibida xizmat qilish huquqini qo'lga kiritgan edi. Bugungi kunda, Hindiston HHKlari tarkibida 1,5 ming ayol xizmat qilib, ularning 94 nafari uchuvchilardir. Ammo, shu paytga qadar, ayollarga qiruvchi samolyotlar ishonilmagan edi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031