Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiya AQShning Evropada RQM tizimini joylashtirishiga javob beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 170           Дата: 18-06-2016, 10:06          
Rossiya AQShning Evropada RQM tizimini joylashtirishiga javob beradi

RF prezidenti Vladimir Putin Moskva va Vashingtonning harbiy qarama-qarshiligi «dunyoni yangi o'lchovlar tomon etaklayotganidan» xavotir bildirdi, deb xabar qilmoqda TASS axborot agentligi. Prezident Putin Sankt-Peterburgda jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan o'tkazgan uchrashuvda, «odamlar xavfni sezishmaydi», deya bayonot bergan.

Uning so'zlariga ko'ra, AQSh o'z RQM tizimlarini Evropada mudofaa maqsadida joylayotganini ta'kidlayotgani yolg'ondir. Chunki strategik RQM tizimi hujumkor strategik salohiyatga ham ega.

«Bularning bari zarba berish majmualari bilan uyg'un ravishda ishlaydi: biri yopib turadi, boshqalari o'ta aniq qurol bilan zarba beradi. Boshqasi javob tariqasida yo'llangan yadro zarbasini qaytaradi».

Uning aytishicha, bu raketalar tobora takomillashib boradi va Rossiyaga tahdid sola boshlaydi. Chunki rasmiy Moskva, raketalarni almashtirish "sezib bo'lmaydigan ish" bo'lgani bois, shaxtalarda aynan nima borligini bilmaydi.

Bundan tashqari, Putinning ishonch bildirishicha, Polsha ham, Ruminiya ham shaxtalarda nima borligidan ogoh etilmaydi.

«Bularning barining oqibati nima bo'ladi bilmadim-u, ammo biz ham shunga yarasha javob berishga majbur bo'lishimizni aniq bilaman», — deb qayd etgan Rossiya rahbari.

Putinning qo'shimcha qilishicha, Moskvani «yana agressiyada ayblashadimi endi farqi yo'q, chunki bu javob harakatlari bo'ladi». U shuningdek, milliy xavfsizlikni ta'minlash barobarida «dunyoda strategik muvozanat»ni ta'minlash zarurligini ham ta'kidlagan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн