Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Isroil qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlar ko'lami

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 613           Дата: 17-06-2016, 16:59          

Bundan 60 yillar avval Isroilda oziq-ovqat mahsulotlari maxsus kartochkalar orqali tarqatilardi. Mamlakat o'shanda insonparvarlik yordamlariga ko'z tikib yashardi. Bugungi kunda xududi 22 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladigan, hududlarining yarmi tog'lik, o'rmon, cho'l va sahrolardan iborat bo'lgan Isroil davlati to'laligicha o'zining aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi, bir yarim milliard dollarlik qishloq xo'jalik maxsulotlarini eksport qiladi.

Tahlilchilarning so'zlariga qaraganda, Isroil qishloq ho'jaligida bugungi kunda mamlakat aholisining atigi 6 foizi mehnat qiladi. Shu bilan birga mamlakat o'zini o'zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga erishdi. Bu mamlakatga oziq-ovqat mahsulotlarining atigi 5 foizi chetdan olib kelinadi.

Isroil qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlar ko'lami


Isroilning qishloq xo'jalik mahsulotlari – sabzavot, kartoshka, qovun-tarvuzlari, tsitrus mevalari, urug' va ko'chatlari AQSh, Kanada, shuningdek, Osiyo, Afrika, G'arbiy va Sharqiy Evropaning o'nlab mamlakatlariga sotiladi. Shuningdek, bu mamlakat bir yilda bir yarim milliard dona gul eksport qiladi. Gul, meva va sabzavotlarning asosiy qismi issiqxonalarda etishtiriladi. Masalan, ochiq xavodagi bir gektar erdan 60-80 tonna pomidor hosili olinsa, kompyuter bilan boshqariladigan issiqxonalardan 500 tonnagacha hosil yig'ishtirib olinishi amalda isbotlandi.

Bugungi kunda Isroil ko'katlar etishtirish va sotish bo'yicha jahonda birinchi o'ringa chiqib oldi. Bu mamlakat 36 turdagi ko'katlarni etishtiradi va eksport qiladi. Masalan, bugun ertalab etishtirilgan ko'katlar ertasi kuni Evropa mamlakatlarining do'konlari peshtaxtalaridan joy oladi. Uzum sotish bo'yicha ham Isroilning oldiga tushadigan mamlakat yo'qligi aytiladi. Qimmat bo'lishiga qaramay, Isroil urug'lari jahon bozorlarida katta talabga ega.

Isroil qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlar ko'lami

Chorvachilik – Isroil qishloq xo'jaligining faxri sanaladi. Isroil fermalaridagi sigirlarning oyog'idagi taqinchoqlarni ko'rgan xorijliklar avvaliga hayron bo'lishlari shubhasiz. “Pedometr” deb nomlanmish bu jihoz sigirlarning qancha sut berishidan tashqari, hayvonlar bir kunda qancha qadam tashlagani haqidagi barcha ma'lumotlarni ho'jalikning bosh kompyuter markaziga etkazadi. Agar sigir bir kunda belgilangan darajada yurmagan bo'lsa, u holda kasal hisoblanadi. Isroil sigirlari bir yilda 9-12 ming litr sut beradi. Bitta sigirdan sut sog'ish bo'yicha Isroil jahonda birinchi o'rinda turadi.

Mana 60 yildan oshibdiki Isroil texnologiyalari er yuzidagi turli mamlakatlarning millionlab gektar qishloq xo'jalik ekinzorlarida, dalalarida, bog' va parklarda, xonadonlarda, shaharlarni ko'kalamzorlashtirishda, dala hovlilarda ishlatilmoqda. Isroil xorijiy davlatlarga qishloq xo'jalik va chorvachilik jihozlari majmualarini etkazib beradi. AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya kabi iqtisodi rivojlangan mamlakatlar ham Isroilning ishonchli, arzon va shu bilan birga sifatli texnologiyalarini afzal ko'rishadi. Shu sababli ham mutaxassislar “Isroil texnologiyalari jahonni ocharchilik va chanqoqlikdan qutqarmoqda”, deyishadi. Chunki aynan isroillik mutaxassislar yaratgan texnologiyalar asosida hosilni nest-nobut qilmay saqlash imkoniyati paydo bo'ldi. Tashqi hamkorlik sohasida isroillik mutaxassislar xorijlik hamkasblarining malakasini oshirishga har tomonlama yordam berishadi.

Isroil qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlar ko'lami

Bu mamlakatning qora va qizil uvildiriqlari xalqaro bozorda yuqori baholanadi. Parrandachilik ham yaxshi rivojlanib, mamlakatda tovuq, o'rdak, g'oz, kurka kabi parrandalar ko'paytiriladi.

Butun jahonda suv bebaho tabiiy resurs sanaladi. Dehqonchilik esa sug'orishni taqozo qiladi. Isroil murakkab iqlimga moslashgan mintaqada joylashgan. Suv resurslari cheklangan, yomg'ir ham qish faslida, ya'ni dekabr-aprel oylaridagina yog'adi. Shu sababli ham suvdan tejamli va samarali foydalanish zamonaviy qishloq xo'jaligining talabidir. Mavjud muammolarga qaramay, Isroil bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Isroil mutaxassislari taklif etayotgan jihozlar suvdan samarali va ekologiya, er va suv manbalariga deyarli ziyon etkazmasdan foydalanish imkonini yaratdi. Isroilda bir yilda sug'orish ishlariga 1 milliard 200 million kub metr suv sarflanadi. Shundan uchdan ikki qismi tabiiy manbalar hissasiga to'g'ri keladi.

Isroil qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlar ko'lami

Dehqonlarni suv bilan ta'minlashga mo'ljallangan Umumisroil suv quvuri barpo etilgan. Suv taqsimlash tizimi har bir ekin maydonini qamrab olgan. Shuningdek, yomg'ir suvlarni to'plovchi maxsus rezervuarlar qurilgan, ayni damda bu kabi suv omborlarni qurish ishlari davom etmoqda. Suv taqchilligi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishni taqozo qiladi. Bir tomondan qishloq xo'jalik erlarini suv bilan ta'minlash muammosini hal qilish kerak bo'lsa, ikkinchi tomondan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, sanoat korxonalariga suv etkazib berish xam asosiy masalalardan biridir. Shu sababli dengiz suvlarini chuchuklashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Isroilda so'nggi 30 yil mobaynida suv taqsimoti o'zgarishsiz qolgan bo'lsa-da, qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish besh barobar oshdi. Bunday natijaga tomchilab sug'orishda yangi texnologiyalarni qo'llash orqali erishildi.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн