Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pokiston va Afg'oniston chegarachilari 4 kunlik otishmalardan keyin o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 17-06-2016, 00:41          
Pokiston va Afg'oniston chegarachilari 4 kunlik otishmalardan keyin o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishdi

Pokiston va Afg'oniston chegarachilari Torham chegara nuqtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda Pokistondagi Nation nashri xabar tarqatgan.

Ikki davlat chegarasi hududida 13 iyunga o'tar kechasi otishma kelib chiqqandi. Bunga pokistonlik chegarachilar Torhamdagi nazorat punktiga darvoza o'rnatgani sabab bo'lgan. Avvaliga bir necha soat davomida otishma bo'lgan. Oxirgi jang esa 16 iyunga o'tar kechasi sodir bo'lgan.

Nashrning Pokiston xavfsizlik xizmatidagi manbasi ma'lumotiga ko'ra, tomonlar tinchlik sulhiga erishishgan. Ikki davlat chegara xizmati vakillari qisqa uchrashuv o'tkazgan va ikki tomon ham chegarada oq bayroq ko'targan. Sulh tuzilishi bilanoq pokistonlik chegarachilar darvoza qurishni davom ettirgan.

Afg'onistonning Islomoboddagi elchisi Umar Zahivalning ma'lum qilishicha, kelishuvga uning Pokiston hukumatidagi aloqalari orqali erishilgan. Bu jarayon davomida u Kobulga uchgan hamda mamlakat prezidenti Ashraf G'ani va mamlakat xavfsizlik xizmati rahbarlari bilan maslahatlashgan. Kobul va Islomobod chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarni davom ettiradi.

O'tgan 4 kun davomidagi otishmalar natijasida 2 nafar afg'onistonlik hamda 1 nafar pokistonlik harbiy halok bo'lgan. Shuningdek, ikki tomondan jarohatlanganlar soni 20 nafardan ortgan.

Islomobodning bildirishicha, pokistonliklar o'zaro chegara chizig'igacha 30 metr masofada darvoza o'rnatmoqda. Afg'onistonliklar esa "asossiz o't ochgan". Kobul bu ayblovni inkor etmoqda, afg'onlarning aytishicha, pokistonliklar o'zaro kelishuvga zid harakat qilishgan va ular o'z hududlarini himoya qilish uchun o't ochishgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн