Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Orlandodagi fojia jabrdiydasi terrorchi otishmani nima uchun sodir etgani sabablarini ma'lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 178           Дата: 15-06-2016, 08:40          
Orlandodagi fojia jabrdiydasi terrorchi otishmani nima uchun sodir etgani sabablarini ma'lum qildi

Afg'onistonlik muhojirlar farzandi, Orlandodagi tungi klubda 49 kishini otib o'ldirgan Omar Matin 911 qutqaruv xizmatiga qo'ng'iroq qilib, hujumni "AQSh uning davlatini bombardimon qilishni to'xtatishi" uchun uyushtirganini aytgan. Bu haqda voqea guvohiga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Klubning hojatxonasida do'stlari bilan Matin tomonidan garovda ushlab turilgan 20 yoshli Peyshens Karter Matinning 911 xizmati bilan suhbatlashayotganini aniq eshitganini ma'lum qilgan. Matin qaysi davlat bombardimon qilinishi to'xtatilishi kerakligini nazarda tutgani noma'lum.

Qizning aytishicha, Matin arab tilida so'zlashgan va IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikka qasamyod keltirgan. Matin garovda bo'lganlardan ular orasida afroamerikaliklar bor-yo'qligini so'ragan. Ulardan biri tasdiq javobini berganda, Matin "qora tanlilarga nisbatan hech qanday husumati yo'qligini" aytgan. "Gap mening davlatim haqida ketmoqda. Sizlar shundoq ham ko'p aziyat chekkansiz", deb aytgan terrorchi.

The Washington Post’ning ma'lum qilishicha, Matin qutqaruv xizmatidan tashqari, Floridadagi yana bir tanishiga qo'ng'iroq qilgan. Suhbat mazmuni oshkor qilinmagan.

14 iyunda Matinning rafiqasi Nur Zaxi Salmon uning turmush o'rtog'i qandaydir jinoyatga tayyorlanayotganini ko'ngli sezgan va uni bundan qaytarishga harakat qilgan. Shu kuni avvalroq Salmon uning eri Orlandodagi Walt Disney World ko'ngilochar bog'iga xujum uyushtirmoqchi bo'lgani haqida ma'lum qilgan. Ayolning aytishicha, Matin o'tgan yili aprelda Disney Springs bog'iga borishganda, u erni ko'zdan kechirib chiqqan.

12 iyunga o'tar kechasi Matin miltiq va to'pponcha bilan qurollangan holda Pulse tungi klubiga hujum qilib, u erda bir necha odamlarni garovga olgan. 3 soatlik qarshilikdan keyin politsiya uni bartaraf etgan. Terrorchining hujumi oqibatida 49 kishi halok bo'lgan, 53 kishi yaralangan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн