Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog'istonning O'zbekistondagi sobiq elchisi bosh vazir o'rinbosari etib tayinlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 310           Дата: 15-06-2016, 01:40          
Qozog'istonning O'zbekistondagi sobiq elchisi bosh vazir o'rinbosari etib tayinlandi

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboev ayni damda Respublika Qishloq xo'jalik vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Asqar Mirzaxmetovni bosh vazir o'rinbosari etib tayinlash to'g'risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonda “Mirzaxmetov Asqar Isabekovich Qozog'iston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari – Qishloq xo'jalik vaziri etib tayinlanishi” ta'kidlangan. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Asqar Mirzaxmetov shu yilning 6 may kuni Er kodeksi loyihasida yo'l qo'ygan xatolari uchun mansabidan ozod etilgan Asiljan Mamitbekovning o'rniga Qishloq xo'jalik vaziri etib tayinlangan edi.

Asqar Isabekovich Mirzaxmetov 1962 yilning oktyabrida Chimkent shahrida tug'ilgan. Olma-Ota zooveterinariya institutini bitirib, Umumittifoq chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining aspiranturasida tahsil oldi. Ma'lumoti bo'yicha — zoomuhandis, qishloq xo'jalik fanlari nomzodi. Umumittifoq Qishloq xo'jalik fanlari akademiyasining Sharq bo'limida ilmiy xodim bo'lib ishlagan.

1991—1995 yillarda “Qazaqstan” respublika qurilish birjasi aktsiyadorlik jamiyatining vitse-prezidenti, “Elektroniy magazin” kompaniyasi, O'rta Osiyo va Qozog'iston Birjalar Uyushmasi Boshqaruvi raisi vazifalarida ishladi.

1995-96 yillarda «Tasmo» investitsiya firmasining bosh direktori, «Agro-lizing» AJ Bosh direktori (1996—1999); Qozog'iston bosh vazirnining shtatsiz maslahatchisi (1997—1999); Qozog'iston Tadbirkorlar Forumi Kengashi raisi (03.1999—08.1999); Qishloq xo'jalik vazirining o'rinbosari (08.1999—06.2002) lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1999 yildan 2002 yilga qadar Asqar Mirzaxmetov «Prodkorporatsii» direktorlar kengashi a'zosi, direktorlar kengashi rahbari bo'ldi. 2002 yilning iyun oyida Qishloq xo'jalik vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. Prezident farmoniga ko'ra 2005 yilning 25 avgustida Qishloq xo'jalik vaziri etib tayinlandi.

2006 yilning 24 aprelidan 2007 yilning 11 sentyabriga qadar Qozog'iston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan.

2007 yilning sentyabridan 2009 yil mart oyiga qadar qarorgohi Chimkent shahrida bo'lgan “Janub” ijtimoiy-tadbirkorlik korporatsiyasi” milliy kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyatiga rahbarlik qildi. 2009 yilning 4 mart kuni Janubiy Qozog'iston viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu lavozimda 2015 yilning 8 avgustiga qadar ishladi. Shundan so'ng «Nur Otan» partiyasi raisining birinchi o'rinbosari etib saylandi.

«Kurmet» (2010), Rossiyaning Drujba (2013) ordenlari sohibi.

Bosh vazir Karim Masimov 14 iyun kuni hukumat yig'ilishida qishloq xo'jalik vaziri Asqar Mirzaxmetovni o'zining o'rinbosari etib tayinlangani bilan tabrikladi. Shundan so'ng bosh vazirning birinchi o'rinbosari Baxitjan Sagintaevga murojaat qilib, Er islohatlari borasida tuzilgan komissiya ishi ustidan nazoratni Asqar Mirzaxmetovga topshirish borasida ko'rsatma berdi.

O'z navbatida, Asqar Mirzaxmetov o'ziga bildirilgan ishonch uchun minnadorchilik bildirdi. U qabul qilingan qaror qishloq xo'jalik sohasi o'ta muhim tarmoq ekanligidan dalolat ekanini, bu sohada to'plagan tajriba va bilimini qishloq xo'jaligi rivoji yo'lida sarflashga tayyorligini ta'kidlab o'tdi.

Asqar Mirzaxmetov O'zbekistondagi elchilik faoliyatida jurnalistlar bilan hamkorlik aloqalarini yaxshi yo'lga qo'ygan va o'zidan yaxshi nom qoldirgan edi.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн