Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Misrda sobiq bosh prokuror qotilligi bo'yicha sud jarayoni boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 437           Дата: 15-06-2016, 01:40          
Misrda sobiq bosh prokuror qotilligi bo'yicha sud jarayoni boshlandi

Qohirada Misr sobiq bosh prokurori Xisham Barakat joniga qasd qilganlikda ayblanayotgan 67 nafar gumondorlar ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda “Al-Yaum as-Sabia” yangiliklar portali ma'lumotiga tayanib TASS xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur ish bo'yicha jinoyat sudining birinchi yig'inida sudlanuvchilarning qotillikka aloqadorligi to'g'risida dalillar keltirilgan, shundan so'ng sud hay'ati tinglov jarayonini 13 iyulga ko'chirdi.

Eslatib o'tamiz, Barakat 2015 yil iyun oyida noma'lum shaxslar uning avtomobili ostiga qo'ygan portlovchi qurilma harakatga kelgandan keyin olgan jarohati tufayli halok bo'lgan edi.

Barakat “Musulmon birodarlar” harakatiga qarshi bir qator ishlarni tergov qilishda ishtirok etgan edi. Bu tergovlardan biri doirasida mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va harakat etakchisi Muhammad Badiy o'lim jazosiga mahkum qilingan edilar.

Mart oyining boshida Misr Arab Respublikasi ichki ishlar vaziri Abdul G'affor ushbu suiqasdda Misrda taqiqlangan hamda terror tashkilot deb e'lon qilingan “Musulmon birodarlar” hamda Falastinning “Xamas” harakatining qo'li borligi haqida ma'lum qilgandi. Vazirning aytishicha, ular “Turkiyadagi terrorchi rahbarlar boshqaruvi ostida” qotillikni rejalashtirishgan. Jinoyatni amalga oshirganlar esa xamaschilar bilan hamkorlikda G'azo sektorida tayyorgarlik o'tagan hamda Sinay orqali Misrga yo'naltirilgan. Biroq keyinchalik ikkala harakat ham ushbu ayblovni inkor etgandi.

Misr sobiq bosh prokurorining o'ldirilishida jami 51 kishi ayblanmoqda, yana 16 kishi qidiruvda. Barcha ayblanuvchilar bir vaqtning o'zida bir necha ayb bilan sudlanmoqda: Misr hududida terroristik guruhga a'zolik hamda mamlakat tashqarisida xalqaro terroristik tashkilotlarga qo'shilish, “Xamas” bilan hamkorlik, qasddan qotillik sodir etish hamda suiqasd qilish, qurol va portlovchi vositalar saqlash, shuningdek, chegara hududini noqonuniy kesib o'tish.

Bosh prokuratura avvalroq, o'tkazilgan tergov natijalariga tayangan holda, gumondorlar o'z ayblariga iqror bo'lganlari haqida ma'lum qilgandi. Qoralovchilar ayblanuvchilarga eng oliy jazoni talab qilmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн