Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Yesentayevani pichoqlab ketishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 222           Дата: 13-06-2016, 10:10          
Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Yesentayevani pichoqlab ketishdi

Qozog‘istonlik mashhur prodyuser va xonanda Bayan Yesentayeva o‘tkir pichoqdan olgan jarohatlari tufayli Olma-ota viloyati Talgar shahridagi kasalxonalarning biriga yotqizildi. Bu haqda “Nur.kz” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar yozmoqda.

Bayan Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan Talgar shahridagi Markaziy shifoxonaga qorin bo‘shlig‘iga pichoq yordamida yetkazilgan jarohat, bosh miya lat yeyishi, burun sinishi kabi jarohatlar tufayli yetkazilgan.

Taxminlarga ko‘ra, Bayanga uning turmush o‘rtog‘i pichoq bilan jarohat yetkazgan.

“Ayni vaqtda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Inson salomatligiga qasddan zarar yetkazish” bobining 106 moddasiga asosan tergov ishlari olib borilmoqda”, deya xabar beradi viloyat politsiya bo‘limi vakili.

Olma-ota viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tez yordam mashinasi soat 12:15 da Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi AYoQShga yetib borgan. Guvohlarning aytishicha Bayan Yesentayeva barcha jarohatlarni turmush o‘rtog‘i Bakitbek Yesentayev bilan tortishuv chog‘ida olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bakitbek Yesentayev rafiqasini urib burnini sindirgan, so‘ng qorin bo‘shlig‘i sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bayan shifoxonaga yetkazilgach, shifokorlar uning jarohati ustida 3 soat davomida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan.

42 yoshli Bayan Yesentayeva Shine Production kompaniyasi rahbari, teleboshlovchi, aktrisa qo‘shiqchi Qozog‘istonning ko‘zga ko‘ringan prodyuserlaridan biri sanaladi. U 2006 yildan beri yakkaxon xonandalarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullanadi.

Bayan Bakitbek Yesentayevga 20 yoshida turmushga chiqqan. Ularning 2 nafar Aysaule va Ayaru ismli qizlari bor.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Baxitbek Yesentayev qo‘lga olingan. Bayan esa o‘ziga kelgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031