Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Aqto‘beda yana 5 nafar ekstremist yo‘q qilindi va jinoiy guruh a’zolarining shaxsi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 196           Дата: 9-06-2016, 05:17          
Aqto‘beda yana 5 nafar ekstremist yo‘q qilindi va jinoiy guruh a’zolarining shaxsi aniqlandi

Aqto‘beda aksilterror amaliyotlar davomida yana 5 nafar ekstremist yo‘q qilingan hamda 2 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmati xabar tarqatdi, deyiladi "Kun" nashrida.

IIVda qayd etilishicha, tun bo‘yi maxsus amaliyot davom ettirilgan. Jinoyatchilar taslim bo‘lish haqidagi talablarga bo‘ysunmasdan otishmani davom ettirishganidan keyin o‘ldirilgan.

Xabar qilinishicha, guruhdan katta miqdordagi o‘g‘irlangan qurollar musodara qilingan.

"Hujumga aloqadorlarning shaxsi aniqlangan. Guruhning qolgan a’zolarini qidirish va qo‘lga olish ishlari davom ettirilmoqda", deyilgan IIV xabarida.

Bundan oldinroq, shahardagi "Nur Siti" tumanida ham otishma chiqqani va hudud o‘rab olingani haqida xabar berilgandi.

5 iyun kuni Aqto‘be shahrining uchta tumanida otishma yuz berdi: noma’lum shaxslar «Pallada» va "Pantera" nomli ikkita qurol do‘koni hamda harbiy qismga hujum qildi. Maxsus operatsiyalar chog‘ida 4 jinoyatchi yo‘q qilindi.

Ularning bir qismi huquq-tartibot organlari qamalida qoldi. Qolgan jinoyatchilar garovga olingan avtobusda shahar tashqarisidagi Maxambetovka posyolkasiga yo‘l oldi.

Ayni vaqtda o‘ldirilgan ekstremistlarning jami soni 9 nafar, qo‘lga olinganlarning soni ham 9 nafar.

Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 6 kishi terakt (3 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakili) qurboniga aylangan.

To‘qnashuvlar oqibatida bir necha o‘n kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Shifoxona vakili kamida 20 dan ortiq kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston hukumati bu hujumlarni terakt sifatida baholadi.

Shaharda terrorchilik xavfining «qizil daraja»si e’lon qilingan.

Shaharda jamoat transporti qatnovi va ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilindi, aholiga uydan chiqmaslik tavsiya etildi.

Aqto‘be (sobiq Aktyubinsk) Qozog‘istonning g‘arbiy qismida, Rossiya bilan chegaradan 110 km ichkarida joylashgan.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031