Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Klinton shtabi g‘alabani nishonlamoqda va Trampga qarshi kampaniya uchun 10 dollardan xayriya qilishni so‘ramoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 81           Дата: 8-06-2016, 18:32          
Klinton shtabi g‘alabani nishonlamoqda va Trampga qarshi kampaniya uchun 10 dollardan xayriya qilishni so‘ramoqda

Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi uchun tuzilgan shtabi birinchi bosqichdagi g‘alabani muddatidan oldin nishonlamoqda, deyiladi "Kun" nashrida. Shu bilan birgalikda sobiq davlat kotibi shtabi o‘z tarafdorlarini bo‘shashmaslikka chaqirgan holda, Trampga qarshi kampaniya uchun 10 dollardan xayriya qilishni so‘ramoqda.

Bugun Associated Press agentligi o‘z hisob-kitoblariga asoslangan holda Hillari Klinton keyingi bosqichda Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sifatida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladigan 2383 delegat ovozini to‘plab bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi.

Klintonning raqibi Sanders esa hali barchasi oldinda ekani va kurashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Klinton AR agentligiga bu xabar uchun minnatdorchilik bildirgan va ularning ishonchi oqlanishiga va’da bergan.

"Albatta, praymeriz hali yakunlanmadi. Katta shtatlardagi saylovlar endi bo‘lib o‘tadi. 10 dollardan xayriya qiling va Klintonni qo‘llab-quvvatlang", deyilgan Klintonning shtabi xabarida.

Shu vaqtgacha o‘tkazilgan praymerizlar yakunlariga ko‘ra, Klinton 24ta shtatda ustun kelgan, Sanders esa 20ta shtatda. Bu saylovchilar soni bilan ifodalaganda 13 millionga qarshi 10 million saylovchi demakdir. Delegatlar ovozi bo‘yicha 2316:1547 nisbati yuzaga kelgan.

Klinton xonim Filadelfiyada 25-28 iyul kunlari o‘tkaziladigan partiya s’ezdida AQSh prezidentligi uchun rasmiy nomzod sifatida ko‘rsatilishi kutilmoqda.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн