Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog‘iston g‘arbida terrorchilik xavfining «qizil daraja»si e’lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 547           Дата: 6-06-2016, 10:22          
Qozog‘iston g‘arbida terrorchilik xavfining «qizil daraja»si e’lon qilindi

Qozog‘iston g‘arbidagi Aqto‘be shahri hukumati terrorchilik xavfining «qizil» darajasini (eng yuqori daraja - tahr.) e’lon qildi.

«RIA Novosti» xabarida qayd etilishicha, aholiga tegishli axborotdan iborat SMS-bildirishnomalar kelmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.
Qozog‘iston g‘arbida terrorchilik xavfining «qizil daraja»si e’lon qilindi

O‘z navbatida Aqto‘be viloyati gubernatori Berdibek Saparboyev vaziyat nazorat ostidagilini bildirib, fuqarolarni ogohlikka chaqirgan.

Mahalliy telekanal orqali kishilarga ko‘chaga chiqmaslik va shahar bo‘ylab harakatlanishdan tiyilish tavsiya etilgan.

Shuningdek, shahar hududida internet uzilishlar bilan ishlamoqda.

5 iyun kuni Aqto‘be shahrining uchta tumanida otishma yuz berdi: noma’lum shaxslar «Pallada» va "Pantera" nomli ikkita qurol do‘koni hamda harbiy qismga hujum qildi. Maxsus operatsiyalar chog‘ida 4 jinoyatchi yo‘q qilindi.

Shaharda aksilterror amaliyot tartibi joriy etilgan. Amaliyot davomida guruhning qo‘lga olingan vakillari soni 7 nafarni tashkil qilmoqda. Qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Qozog‘iston respublikasi Senati raisi Qosim-Jo‘mard Tokayev bu hujumlarni terakt sifatida baholadi.

Dastlabki ma’lumotlarda, bu hujumni uyushtirganlar radikal diniy oqim a’zolari ekani aytilgan.

Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt natijasida 6 kishi (3 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakili) halok bo‘lgan.

To‘qnashuvlar oqibatida bir necha o‘n kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Shifoxona vakili kamida 20 dan ortiq kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, «qizil» daraja bir nechta holatlarda e’lon qilinadi — sodir bo‘lgan terakt haqida yoki takroriy hujumlar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot bo‘lsa.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн