Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tailandlik kishi asalga ketib, 7 million dollarlik amfetamin bilan qaytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 89           Дата: 27-05-2016, 00:01          
Tailandlik kishi asalga ketib, 7 million dollarlik amfetamin bilan qaytdi

Tailandlik yovvoyi arilar asalini yig‘uvchi kishi 700 mingta amfetamin sintetik giyohvand moddasi tabletkalari joylashtirilgan o‘ramini topib oldi. Ayuttxayya provinsiyasida yashovchi kishi 7 million dollarga baholangan topilmadan xursand bo‘lib, pulga muhtoj do‘stlariga tarqata boshladi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.

May oyining o‘rtalarida narkopolitsiyachilar Ayuttxayya provinsiyasidagi qora bozorda sintetik giyohvand moddalar bahosining keskin tushib ketganiga e’tibor qaratishdi: bir dona amfetamin tabletkasining bahosi birdaniga 8 dollardan 3 dollarga tushib ketdi. Tez orada politsiyachilar provinsiyada yashovchi bir kishining do‘stlariga moliyaviy ahvolini yaxshilashi uchun tabletkalar tarqatib yurganidan xabar topishdi. Adolat posbonlari "saxiy kishi"ni topishga muvaffaq bo‘lishganida Kanpxet 200 mingta tabletkani tarqatgan bo‘lib chiqdi. Qolgani esa uning uyidan topilgan.

Kanpxet politsiyachilarga o‘rmonga eltuvchi yo‘l chetida bir guruh kishilarning butalar orasiga nimadir yashirganini ko‘rib qolganini tan oldi. So‘ng odamlar qayoqqadir ketishdi, Kanpxet esa ularning nima yashirganiga qiziqdi va giyohvand moddalar yashiringan xaltani ko‘rib qoldi.

Kanpxetga yirik miqdordagi giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish ayblovlari qo‘yildi, deya xabar beradi gazeta. Bu ish yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda, chunki vaziyat murakkab. Odatda giyohvand moddalar yovuz niyatlarda sotiladi, bu vaziyatda esa ular yordam tariqasida bepul tarqatilgan.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн