Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoy qiruvchi samolyotlari amerikaliklarning razvedkachi samolyotini to‘xtatib qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 117           Дата: 24-05-2016, 10:12          
Xitoy qiruvchi samolyotlari amerikaliklarning razvedkachi samolyotini to‘xtatib qoldi

Xitoy Harbiy havo kuchlarining J-11 rusumli qiruvchi samolyotlari Janubiy Xitoy dengizida AQShning E-P3 rusumli razvedkachi samolyotini to‘xtatib qolgan. Bu ma’lumot Pentagon matbuot xizmati vakili Mishel Baldans tomonidan tasdiqlangan, deyiladi "Kun" nashrida.

Uning aytishicha, bu hodisa AQSh samolyoti nazorat uchishini amalga oshirishi chog‘ida ro‘y bergan.
Xitoy qiruvchi samolyotlari amerikaliklarning razvedkachi samolyotini to‘xtatib qoldi

"Keyingi yillarda xitoylik uchuvchilarning professionalizmi o‘sib bormoqda, lekin oxirgi hodisada xavfsizlikka rioya qilinmaslik alomatlari bor edi", degan Baldans.

Hodisa bo‘yicha tekshiruvni AQShning Tinch okeanidagi armiyasi qo‘mondonligi olib boradi.

AQSh Xitoyni Janubiy Xitoy dengizini harbiylashtirishda (militarizatsiya) ayblab keladi. Xitoy bu hududdagi sun’iy orollarda aerodromlar barpo etgan.

Bu aerodromlardan xitoyliklar o‘z harbiy maqsadlarida foydalanishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Rasmiy Pekin esa bu orollar tinch maqsadlarda qurilganini iddao qiladi. Lekin aprel oyida bu orollardan biriga ilk marta harbiy samolyot qo‘ndi.

Xitoy bir necha o‘n yillardan beri Janubiy Xitoy dengizidagi bir qator orollarni va arxipelaglarni (Sisha va Nansha) Vetnam, Bruney, Malayziya, Filippin kabi mamlakatlar bilan talashib keladi. 2013 yil oxiridan beri rasmiy Pekin ushbu orollarni o‘zlashtirish maqsadida bu yerlarda keng miqyosli qurilish ishlarini olib bormoqda.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн