Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Basketbol bo‘yicha Yevroligada ruslar turklarni yengach, Turkiyada Rossiyaning yana bir samolyotini urib tushirish istagi bildirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 246           Дата: 18-05-2016, 20:28          
Basketbol bo‘yicha Yevroligada ruslar turklarni yengach, Turkiyada Rossiyaning yana bir samolyotini urib tushirish istagi bildirildi

Basketbol bo‘yicha Yevroliga turniri finalida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi Moskvaning SSKA jamoasidan overtaymda 96:101 hisobida yengilgach, Turkiya parlamenti deputati Samil Tayyor rossiyaliklarning yana bir samolyoti urib tushirilishini istashi haqida aytdi.

«Ruslarning yana bir samolyoti urib tushirilishini istayman!» — deya Tayyorning so‘zlarini keltiradi "Kun" nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabrida Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiya chegarasiga xavfli darajada (4 km) yaqinlashgani uchun turkiyalik chegarachilar tomonidan urib tushirildi. Anqara tomoni Su-24 samolyoti o‘z hududiga kirib kelgani uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lganini iddao qilgan. Rossiya bosh shtabi hamda Suriya tomoni ham bu ma’lumotni rad etgan. Samolyot uchuvchilari katapulta qilingan, ulardan biri samolyot halokat uchragan hududdagi turkman jangchilari tomonidan havodaligidayoq otib tashlangan. Ikkinchisini suriyalik harbiylar hududdan qutqarib olib chiqib ketishga va Xmeymim bazasiga yetkazishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu voqeani Rossiya prezidenti Vladimir Putin "ortdan zarba berish" deya baholadi va shundan so‘ng Rossiya va Turkiya munosabatlari keskin yomonlashdi.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн