Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Prezidentlar hayotidagi eng noqulay vaziyatlar (video)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 656           Дата: 16-05-2016, 12:21          
12-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochiga tashrifi chog‘ida “UAZ-Patriot” harbiy mashinasi eshigini ocha olmagan, ekskursiya o‘tkazayotgan general-leytenant Aleksandr Shevchenko esa unga yordam beraman deb, eshik dastasini uzib olgan edi. Meduza dunyoning eng yirik mamlakatlari yetakchilari tushib qolgan noqulay vaziyatlarni esga oldi.

O‘shanda Putin kabinaga yaqinlashib, eshikni ochmoqchi bo‘ldi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Unga yordamga oshiqqan Shevchenko dastani bir necha marta tortdi, natijada u uzilib tushdi.

“Yasha, azamat (molodets)”, — dedi Putin kulib, general esa ochiq oyna orqali dastani o‘rindiqqa qo‘yib qo‘ydi.

Bundan roppa-rosa besh yil avval, 2011-yil mayida esa Putinga namoyish qilinayotgan Lada Granta’ning yukxonasi pand berib qo‘ygandi. O‘sha paytda bosh vazir bo‘lgan Putin dastlab yukxonani ocha olmagan bo‘lsa, keyinroq mashinaning o‘zini o‘t oldira olmagan edi.

Dmitriy Medvedevda avtomobillar bilan bog‘liq bu kabi muammolar bo‘lmagan, biroq Rossiya sobiq prezidenti American Boy qo‘shig‘iga raqsga tushgan kunini g‘am-qayg‘u bilan yodga olsa kerak. Raqs aks etgan video internetda tarqaldi va Medvedevni uzoq vaqt ta’qib etdi.

Ammo Medvedev Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich karyerasidagi eng noqulay epizodga guvoh bo‘lish baxtiga erishgan. O‘shanda uning ustiga gulchambar qulab tushgan edi.

Yana bir sobiq prezident — kichik Jorj Bushning esa Iroqqa safarida omadi yurishmagan edi: matbuot anjumani chog‘ida iroqlik jurnalist AQSh rahbariga oyoq kiyimining ikkala poyini ham uloqtirgan edi.

Jurnalistlar hech gap emas, hatto boshqa mamlakatlar yetakchilari ham Bush bilan salomlashishdan bosh tortib, uni o‘ng‘aysiz holatda qoldirgan paytlar bo‘lgan.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ham bir kuni omadi kelmagan edi. Ayni inauguratsiya kunida u Oliy rada binosiga kirib borayotganda faxriy qorovuldagi askarlardan biri hushidan ketdi va davlat rahbarini yiqitishiga sal qoldi.

Keyinroq, Avstraliyada faxriy qorovul safi qarshisida Poroshenko ikki marta ta’zim qildi, sababi — noma’lum.

Bundan-da xijolatli vaziyatga bir kuni AQSh prezidenti Barak Obama tushib qolgan edi. U qirolicha Yelizaveta II sharafiga qadah so‘zi aytmoqchi bo‘lganida Buyuk Britaniya madhiyasi chalinib qoldi. Ammo Obama bunga e’tibor qilmasdan nutq so‘zlashda davom etdi.

Obama avtomobil haydamaydi, lekin ko‘ngilsizlikka uchrayman desa, orqa o‘rindiqda o‘tirish ham kifoya bo‘larkan: bir marta AQSh yetakchisining limuzini yo‘lning ko‘tarilgan qismiga tiqilib qolgan edi.

Germaniya kansleri Angela Merkel — jiddiy odam, shu tufayli, unga kelganda noqulay vaziyatlarni ko‘pincha atrofdagilar yuzaga keltiradi. Goh ehtiyotsiz ofitsiant uning ustiga pivo to‘kib yuboradi:

Goh Berluskoni kansler uni yolg‘izlikda kutib qolganiga qaramay, mashinadan chiqa solib, telefonda suhbatlashish uchun nari ketadi:

Eng yomoni esa, jurnalist to‘satdan Happy birthday to you qo‘shig‘ini shunday kuylay boshlaydiki, kansler yer tagiga kirib ketgudek bo‘ladi:

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн