Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 912           Дата: 20-04-2016, 12:52          
Ispaniya janubidagi Andalusiya muxtor kommunasida joylashgan Marinaleda shaharchasida politsiya, jinoyatchilik va ishsizlik yo‘q. Bu yerda istiqomat qiladigan uch mingga yaqin kishi o‘z demokratik utopiyasini yarata oldi, deb hikoya qiladi “Interesno”.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

Bir qarashda, Marinaleda mintaqadagi boshqa mitti shaharchalardan mutlaqo farq qilmaydigandek. U har tomondan yashil tepaliklar bilan o‘ralgan Kampina vodiysida joylashgan. Shaharcha yagona, hamma uchun umumiy qishloq xo‘jaligi kooperativi hisobidan gullab-yashnamoqda. Uning atrofida o‘nlab kilometrga cho‘zilgan zaytun plantatsiyalari va bug‘doy dalalari yastangan.

2008-yilgi moliyaviy inqirozning boshida shahar ahli “Ispaniya Robin Gudi” laqabini olgan Xuan Manuel Sanches Gordilyoni mer etib sayladi. U vaqtda bu siyosatchi e’tiroz ramzi o‘laroq supermarketlarga ommaviy reydlar uyushtirgani bilan mashhur edi: o‘shanda odamlar do‘konlarni talon qilib, u yerdan yog‘, guruch, loviya singari birinchi ehtiyoj oziq-ovqat mollarini olib chiqib ketgan, savdo muassasalari xodimlari esa hech narsa qila olmagan edi.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

Gordilyo o‘z intervyularida bu — talonchilik emas, fuqarolarning bo‘ysunmaslik akti bo‘lganini e’tirof etib keldi.

“Do‘konga borishni cho‘ntagi ko‘tarmaydigan ko‘plab oilalar bor, — deb tushuntirardi u pozitsiyasini. — XXI asrda bu sharmandalikdir. Ovqat — bu puldorlar o‘z manfaati yo‘lida foydalanadigan narsa emas”.

Bunday voqea Germaniya, AQSh yoki Rossiyada sodir bo‘lganida, Gordilyoning qamoqqa tushishi tayin edi. Ammo Ispaniyada vaziyat boshqacha: bu yerda u kichikroq shahar merligini qo‘lga kiritib, o‘zi xayol qilgan sotsialistik jamiyatning mitti modelini yarata oldi. U oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mollari hammaga yetarli bo‘lgan shahar barpo eta oldi.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

Ispaniya hozir og‘ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Andalusiyaning o‘zida 690 ming bo‘sh uy bor — banklar ularni qarzini to‘lay olmaganlardan tortib olgan.

Lekin Marinaledada bunday muammo yo‘q. Gordilyo barchaga o‘zi uchun bepul uy-joy qurishga ruxsat berdi. Uyning umumiy maydoni 192 kvadrat metrdan oshmasa bo‘ldi.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

Ishchi kuchi va qurilish materiallari haqini shahar ma’muriyati to‘laydi. Bu imtiyozdan foydalangan oila zimmasiga bitta majburiyat yuklanadi — ma’muriyatga oyiga 15 yevrodan to‘lab borish.

Andalusiyada bugun ishsizlik darajasi 37 foizni tashkil etadi; yoshlar orasida bu ko‘rsatkich 50 foizga teng. Lekin Marinaledadagi 2700 kishining bari ish bilan ta’minlangan. Kelayotgan daromadni shaharliklar o‘rtada teng bo‘ladi. Shunda har bir fuqaroga oyiga o‘rtacha 1200 yevrodan to‘g‘ri keladi. Uchdan bir aholisi ish topa olmaydigan mintaqa uchun bu — aql bovar qilmas ko‘rsatkich.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda

“Biz o‘z qadriyatlarimizni, iste’mol jamiyati qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishimiz lozim. Bir muddatga pul, xudbinlik va individualizmni unutsak, hozirgidan farovon, baxtli va adolatli jamiyat qurish mumkin. Marinaleda — kichik bir o‘rnak. Biz o‘z tajribamizni butun dunyoga yoymoqchimiz”, — deb uqtiradi Gordilyo.

Ispaniyaning politsiya va soliqlar yo‘q shahrida o‘rtacha oylik daromad 1200 yevroni tashkil etmoqda
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн