Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shvetsiya qiroli 70 yoshida pensiyaga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 200           Дата: 20-04-2016, 06:11          
30-aprel kuni 70 yoshga to‘ladigan Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav, o‘ziga tengdosh bo‘lgan ko‘plab vatandoshlaridan farqli o‘laroq, pensiyaga chiqishga shoshilmayapti. Bu haqda monarx yubiley arafasida TT axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shvetsiya qiroli 70 yoshida pensiyaga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

“Biz, Bernadotlar, qalbimiz yoshligicha qoladi, deyishni yaxshi ko‘ramiz. Shu bois biz hech qachon qarimaymiz”, — uning so‘zlarini keltiradi “RIA Novosti”.

Bundan tashqari, qirol Shvetsiyaning kelajagiga ishonishini aytdi.

“Bu millatni olg‘a boshlaydigan madaniy barqarorlik va uzluksizlik demak”, — ta’kidladi u.

Karl XVI Gustav 1946-yilning 30-aprelida dunyoga kelgan. U 1976-yilning 19-iyunidan buyon qirolicha Silviya bilan ahil yashab kelmoqda. Aslzoda juftlikning uch farzandi bor — valiahd malika Viktoriya (1977), shahzoda Karl Filipp (1979) va malika Madlen (1982).

Karl XVI Gustav 1973-yilda, 27 yoshida bobosi Gustav IV Adolfning vafotidan so‘ng monarx deb e’lon qilingan edi. Uning otasi Gustav Adolf 1947-yilda avtohalokat qurboni bo‘lgach, shahzodaning bevasi to‘rt qiz va bir o‘g‘il — bo‘lajak qirol bilan qoldi. Mitti shahzoda o‘g‘il bolalar bilan ko‘proq muloqot qilishi uchun internatga yo‘llandi va o‘sha yerda ulg‘aydi.

Shvetsiyaning bugungi monarxlari Bernadot sulolasi vakillari bo‘lib, qirollik oilasiga Napoleon Bonapartning marshali Jan Batist Bernadot boshlanma bergan. Aslzoda bo‘lmagan fransuz harbiy xizmatchisi 1810-yilda shved toji vorisi sifatida tanlangan edi. U 1818-yilda Karl XIV Yuxan nomi ostida taxtga chiqdi.

Shvetsiyada qirol asosan ramziy-marosimiy vazifalarni bajaradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031