Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Saudiya valiahdining o‘rinbosari Dohadagi uchrashuvning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi sababchilaridan bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 145           Дата: 20-04-2016, 06:11          
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining o‘rinbosari, qirol Salmonning o‘g‘li Muhammad bin Salmon Dohadagi muzokaralar chog‘ida mamlakat delegatsiyasiga bosim o‘tkazgani bois kun tartibidagi masala ijobiy hal qilinmadi. Bu haqda, Financial Times nashriga asoslanib, “RBK” --[rss.rbc.ru]-[top_stories_brief_news]]xabar bermoqda.

OAV: Saudiya valiahdining o‘rinbosari Dohadagi uchrashuvning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi sababchilaridan bo‘ldi

Aytilishicha, Muhammad bin Salmon 17-aprel kuni ertalab Dohadagi qirollik delegatsiyasiga qo‘ng‘iroq qilib, uning ishtirokchilaridan mamlakatga qaytishni talab qilgan. Saudiyaliklar Dohada qoldi, lekin, shunga qaramay, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Financial Times’da yozilishicha, boshqa davlatlar delegatlari o‘sha paytda Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy mamlakatning neft qazib olishni muzlatib qo‘yish borasidagi maqsadlarini tasdiqlashini kutgan. Ammo ertasi kuni, 18-aprelda Venesuela neft vaziri Yeuloxio del Pino Saudiya delegatsiyasi hech qanday vakolatga ega emas, degan fikrni aytgan.

“Deyarli hamma kelishuv bir soat ichida amalga oshirilishini his qilib turgandi”, — deb tushuntirdi vaziyatni qatnashchilardan biri. Hatto Saudiya Arabistonining ittifoqchisi bo‘lgan Quvayt vakili masala ijobiy hal etilishiga ishonch bildirgan edi. Ammo Saudiya delegatsiyasi faqatgina Eron ishtirokida qazib olishni muzlatib qo‘yishga rozi bo‘lishini da’vo qila boshladi, bir muddatdan so‘ng esa muzokaralar to‘xtatildi.

30 yoshli Muhammad 2015-yilning aprelida, otasi qirol bo‘lganidan so‘ng valiahd shahzodaning o‘rinbosari lavozimini egalladi. U ayni paytda bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri, qirollik sudi rahbari va iqtisodiy masalalar kengashi raisidir. Muhammad bin Salmon qo‘shni Yamanda isyonchilarga qarshi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Saudiya armiyasi qo‘shilmalarini boshqaradi va mamlakatning neftdan keyingi iqtisodiy rivojlanish bosqichiga o‘tishi masalasi bilan shug‘ullanadi.

Financial Times sahifalarida chop etilgan maqolada uqtirilishicha, shahzoda Muhammadning hokimiyat tepasiga kelishi bilan qirollikning energetika sohasidagi siyosati xom ashyo narxidan ko‘ra ko‘proq geosiyosat, ayniqsa Eron bilan mintaqaviy raqobatga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ta’kidlanishicha, neft Saudiya Arabistoni qo‘lida Eron bilan raqobatlashish yo‘lidagi bir qurolga aylanib qoldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031