Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoy fuqarosi maxfiy hujjatlarni pullagani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 126           Дата: 19-04-2016, 12:03          
Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi ilmiy-tadqiqot markazlaridan birining xodimi maxfiy hujjatlarni pullagani uchun o‘lim jazosiga mahkum etildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV)ga tayanib.

Xitoy fuqarosi maxfiy hujjatlarni pullagani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xabarlarga ko‘ra, Xuan Yuy ismli erkak 150 mingta maxfiy hujjatni chet el maxsus xizmatlariga sotib yuborishda ayblangan. Ulardan 90 tasiga “o‘ta maxfiy” belgisi tushirilgan, 300 ga yaqini esa “maxfiy” deya belgilangan.

Ta’kidlanishicha, erkak Chendu shahridagi ilmiy-tadqiqot markazida 1990-yillar oxiridan beri kompyuter mutaxassisi sifatida ishlab kelgan, uning markazi esa kriptografiya (sirli belgi va ishoralar bilan yozish tizimi) sohasidagi ishlanmalar bilan shug‘ullanadi. Erkak maxfiy kodlar bo‘lgan fayllar nusxalarini saqlab qo‘ygan, so‘ng xorijiy mamlakatga sotgan, ammo ularni sotib olgan davlat nomi oshkor etilmayapti.

Erkak hujjatlarni sotib, 700 ming dollarga yaqin pul ishlagan. Hukumat uni 2011-yilda hibsga olgan va ushbu mablag‘ni musodara qilgan. Unga oldi-sotdida yordam bergan rafiqasi esa besh yillik qamoqqa hukm etildi.

Telekanal hukm ijro etilgan-etilmaganiga aniqlik kiritmadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031