Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sherzod va Barno — bozordagi gulqog‘oz konteynerida ish boshlab, butun Rossiyani qamrab olgan avtoservislar tarmog‘iga asos solgan o‘zbekistonlik oila

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 702           Дата: 18-04-2016, 12:15          
Rossiyada tanilib borayotgan avtoservislar tarmog‘i — “Vilgud”ga asos solgan o‘zbekistonlik ishbilarmonlar oilasi — Sherzod va Barno Tursunovlar haqida “Moy rayon” gazetasida maqola chop etildi.

Sherzod va Barno — bozordagi gulqog‘oz konteynerida ish boshlab, butun Rossiyani qamrab olgan avtoservislar tarmog‘iga asos solgan o‘zbekistonlik oila

Sherzod va Barno Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning fizika fakultetini tamomlab, biznesdagi ilk qadamlarini Toshkentda tashlagan. Keyinroq Amerikaga ko‘chishga qaror qilgan, biroq viza masalasida rad javobini olgan. Bu vaqtga kelib Toshkentdagi butun biznes sotib bo‘lingan, shu sabab oila olg‘a qadam tashlashga majbur edi. Shunday qilib, ota-ona farzandlarini Toshkentda qoldirib, Rossiyaga ketgan.

Sherzod va Barno Moskvada dastlab oziq-ovqat yoki idora mollari do‘konini ochmoqchi bo‘ladi, biroq pul Mitishchi yarmarkasidagi bitta konteynerga yetadi, xolos. Er-xotin gulqog‘ozlar bilan savdo qiladi va keyingi ikki yil ichida Mitishchi yarmarkasidagi ularning savdo nuqtalari soni 10 taga yetadi. Bu vaqtga kelib Rossiyaga qurilish mollari bilan savdo qiluvchi Yevropaning yirik tarmoqlari kirib kela boshlaydi va Tursunovlar kabi maydo savdogarlar ular bilan raqobatlasha olmasligi ochiq ko‘rinib qoladi.

Shundan so‘ng ular “Yevrodizayn” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib, qurilish mollarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullana boshladi. Kompaniya savdo aylanmasi yiliga 7—8 milliard rublgacha yetdi. Biroq yirik riteylerlar Tursunovlarning bu biznesiga ham xalal berdi. Sherzod va Barno biznesning mutlaqo yangi, raqobatchilar kam yoki deyarli yo‘q bo‘lgan sohasini topishga va shunda ishlashga qaror qildi. O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, avtoservislar sohasida birorta ham mustaqil tarmoq yo‘q, shoxobchalarning aksariyati esa zo‘rg‘a kun ko‘radi.

“Nima uchun biz muvaffaqiyatga erishyapmiz? Chunki 99 foiz avtoservislarning egalari o‘z ishlarini, mashinalarni sevishadi, ta’mirlash haqida hamma narsani bilishadi, biroq sanashni, boshqaruvni yoqtirishmaydi, marketing nima ekanligini tushunishmaydi. Ta’mirlash masalasida hamma narsani juda yaxshi tushunadigan, lekin qolgan narsalarni yoqtirmaydigan servismenlarning katta bozori bor. Bu bozorga boshqaruv va biznesni optimizatsiya qilish bo‘yicha taklif bera oladigan kompaniya zarur edi. Biz savdo, marketing bo‘limlari, koll-sentr kabilarni tashkil qilishni o‘z zimmamizga oldik, avtomobillarni ta’mirlash masalalarini esa servismenlarning ixtiyorida qoldirdik”, — deydi Barno Tursunova.

Biznes sohasi tanlanganidan so‘ng, Tursunovlar o‘zining ilk avtoservisini sotib oldi va sakkiz oy davomida uning ish faoliyatini o‘rganib, biznesni boshqarish bo‘yicha o‘ziga xos — xodimlarning faoliyatini ballar yordamida baholab boruvchi shaffof, ayni vaqtda, noinsof xodimlarning mas’uliyatsizliklaridan himoyalangan tizimni ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda “Vilgud” tarmog‘i butun Rossiya bo‘ylab 26 ta servisni qamrab olgan — ularning oltitasi “Vilgud”ning o‘ziga tegishli, qolgan 20 tasi esa franshiza asosida ishlamoqda. 2016-yil oxirigacha tarmoqdagi avtoservislar sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн