Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qodirov, Putinning so‘zlaridan so‘ng, Kasyanovning “nishon ostidagi” fotosuratini hazil deb atadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 280           Дата: 15-04-2016, 06:57          
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zi avvalroq Instagram’da e’lon qilgan Mixail Kasyanovning nishondagi fotosurati hazil bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Checheniston yetakchisi “Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir”dan so‘ng ma’lum qildi, unda shu fotosurat haqida ham gap borgan edi, deb yozadi “RBK”.

Qodirov, Putinning so‘zlaridan so‘ng, Kasyanovning “nishon ostidagi” fotosuratini hazil deb atadi

“Mixail Kasyanovning fotosuratiga keladigan bo‘lsa, u obrazli xususiyatga ega bo‘lgan va kimgadir qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni o‘z ichiga olmagan hazil edi”, — deb yozdi Qodirov o‘z Instagram’ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidentining tanbehi uning uchun “zudlik bilan ijro etiladigan qonundir”.

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir” chog‘ida jurnalist Sergey Dorenko prezident e’tiborini “muxolifat — ‘xalq dushmanlari’ deb ta’riflangani, shuningdek, sobiq bosh vazir optik vintovka nishoni ostida ko‘rsatilgani”ga qaratdi.

Putin o‘z navbatida ushbu masala bo‘yicha Qodirov bilan shaxsan suhbatlashganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, prezident “hayotiy vaziyatlardan kelib chiqish” zaruriyatini tilga oldi.

Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar kuni Ramzan Qodirov Xalq ozodligi partiyasi yetakchisi Mixail Kasyanov “nishonga olingan” videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan edi. 1-fevral kuni ushbu video Instagram qoidalarini buzgan deb topilib, Qodirovning sahifasidan o‘chirilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031