Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Daniya HHK, tinch aholi nobud bo‘lishi xavfiga qaramay, IShID nuqtalarini bombardimon qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 296           Дата: 15-04-2016, 06:34          
Daniya hukumati qirollik harbiy-havo kuchlariga, bu tinch aholi vakillari halokatiga olib kelishi mumkin bo‘lsa ham, Iroq va Suriyada IShID terrorchilik guruhi nuqtalariga hujum qilishga ruxsat bermoqchi. Bu haqda mudofaa bo‘yicha parlament qo‘mitasining yopiq majlisida Daniya harbiy muassasasi rahbari Peter Kristensen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Daniya HHK, tinch aholi nobud bo‘lishi xavfiga qaramay, IShID nuqtalarini bombardimon qiladi

Kristensen ta’kidlashicha, HHK jangovar missiyalari “xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ravishda” amalga oshiriladi, biroq alohida hollarda operatsiya ahamiyati aholi orasida qurbonlar bo‘lishi xavfidan yuqori bo‘lib chiqishi mumkin.

Muassasa rahbari bunda xalqaro gumanitar huquqda mavjud bo‘lgan proporsionallik tamoyilini ro‘kach qildi, unga muvofiq, fuqarolar orasida tasodifiy talafotlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, biroq u zarba berayotgan tomon qo‘lga kiritadigan harbiy ustunlikka nisbatan haddan ziyod bo‘lmasligi kerak.

Shu bilan birga, Kristensen Skandinaviya qirolligi harbiylari tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ta’kidladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн