Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiya mudofaa vazirligi al-Qaryatayn shahrini IShIDdan ozod qilish operatsiyasini unikal deb baholadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 214           Дата: 9-04-2016, 12:56          
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaning Xoms viloyatida joylashgan al-Qaryatayn shahrini IShID terrorchi guruhidan ozod qilish operatsiyasini unikal deb baholadi. Bu haqda, idoraning rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi al-Qaryatayn shahrini IShIDdan ozod qilish operatsiyasini unikal deb baholadi

“1–3-aprel kunlari Suriya hukumat qo‘shinlari RF havo-kosmik kuchlari ko‘magida al-Qaryatayn shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha unikal operatsiya o‘tkazdi”, — dedi Konashenkov.

Aytilishicha, birinchi bosqichda hukumat qo‘shinlari shaharga boruvchi barcha yo‘llarni to‘sib qo‘yib, hujumga o‘tgan, kun yakunida esa shahar ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Konashenkovning fikricha, operatsiyaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, hukumat qo‘shinlari va ko‘ngillilar orasida birorta ham qurbon bo‘lmagan.

Shuningdek, operatsiya doirasida 54 parvozni amalga oshirgan Rossiya samolyotlari yetti qo‘mondonlik punktini, 26 tayanch punkti va o‘t ochish pozitsiyalarini, shaharga yaqin 30 hududda jangarilar va texnika vositalarini yo‘q qilgan.

Shahar sakkiz oy mobaynida IShID nazorati ostida bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн