Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

9 yoshli jurnalist qizning qotillik haqidagi reportaji tanqid ostida qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 602           Дата: 7-04-2016, 06:03          
2-aprel kuni Xilde Keyt Lisyak ismli to‘qqiz yoshli amerikalik qizcha ijtimoiy tarmoqlarda Pensilvaniya shtati Silinsgrouv shahridagi qotillik deya taxmin etilayotgan hodisa yuz bergan joyda olingan reportajini e’lon qildi, deb yozadi TJournal. Qizcha o‘zining jurnalistlik amaliyoti uchun tanlagan mavzu internet foydalanuvchilari g‘azabiga uchradi.

9 yoshli jurnalist qizning qotillik haqidagi reportaji tanqid ostida qoldi

Xilde New York Daily News sobiq muxbiri bo‘lgan otasi izidan borib, darsdan bo‘sh vaqtlarida Orange Street News deb nomlangan shaxsiy yangiliklar nashri bilan shug‘ullanadi. Nashr Silinsgrouv shahridagi voqealar haqida hikoya qiladi. Odatda u yerdagi reportajlar va xabarlar Teylor Sviftning shaharga tashrifi, shaharda ro‘y bergan vandalizm yoki politsiya tomonidan o‘ldirilgan qoidabuzar skuns kabilarga bag‘ishlangan bo‘ladi.

Ammo 2-aprel kuni Lisyak saytga voqea joyidan olingan “eksklyuziv reportaj”ini joyladi: gumonlanuvchi, nafaqadagi maktab o‘qituvchisi, o‘z xotinini bolg‘a bilan o‘ldirganligi taxmin qilinmoqda.

Qizcha nafaqat to‘sib qo‘yilgan uyga kelgan, balki politsiya va marhumning qo‘shnilaridan hodisa yuzasidan izohlar olgan.

Reportaj internet foydalanuvchilari diqqatini tortdi. Ular o‘z qizining bunday faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan ota-onani tanqid ostiga oldi, Lisyakka esa “qo‘g‘irchoqlari bilan o‘ynash”ni maslahat berdi.

Qizcha esa o‘z nashri orqali tanqidchilarga javob qaytardi va uning to‘qqiz yoshda ekanligi muxbirlik qilishiga to‘sqinlik qila olmasligini ta’kidladi.

Lisyakni qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi, ular qizning mahoratini alohida tilga oldi: o‘z maqolalarida u “qotillikda taxmin qilinayotgan shaxs” va “gumonlanuvchi” kabi to‘g‘ri ta’riflarni qo‘llagan.

Xildening ota-onasi u o‘z loyihasi ustida tinmay ishlashini aytib, unga qaratilgan bunday tanbehlar qizga haqoratli bo‘lib tuyulishini ta’kidladi.

Kelajakda ham qotilliklarni yoritish-yoritmasligi haqidagi savolga javoban, qiz mushtariylariga Orange Street News’ning keyingi sonini kutishni maslahat berdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031