Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pullar haqida qiziqarli 7 fakt

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 881           Дата: 1-04-2016, 12:29          
Dunyoda pullarga befarq odamlar kamdan-kam topiladi. Kimdir ularga qulluq qiladi, yana kimdir ularni muammolarning bosh sababchisi deb biladi. Lifehacker esa pullar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildi. 

Pullar haqida qiziqarli 7 fakt

1. “Moneta” so‘zi Qadimgi Rimdan kelgan. Ma’buda Yunona lotinchadan tarjima qilganda “asraguvchi” yoki “maslahat beruvchi” ma’nolarini beruvchi Moneta unvoniga ega bo‘lgan. Aynan shu ma’buda ibodatxonasi yaqinida metall pullar zarb etiladigan ustaxonalar bo‘lgan. U yerda tayyorlangan mahsulotlar moneta deb nomlana boshlagan, ingliz tilida esa bu so‘zdan pullarning umumiy nomi — money kelib chiqqan. 

2. Qadimgi Gretsiyada risoladagidek pullar muomalada bo‘lganiga qaramay Spartada pul sifatida atayin qo‘pol va o‘xshovsiz temir xivchinlardan foydalanilgan. Bu spartaliklar boylikka intilmasligi, kamroq o‘g‘rilik qilishi va kamroq pora berishi uchun o‘ylab topilgan. 

3. Dollar belgisi ($) AQSh valyutasi va umuman Qo‘shma Shtatlar paydo bo‘lishidan avval ham mavjud bo‘lgan. Avvaliga u AQSh hududida mahalliy tangalar zarb etilguncha keng iste’molda bo‘lgan Meksika pesosini bildirish uchun foydalanilgan. Pesoni anglatuvchi PS qisqartmasining qo‘shilib ketishi natijasida mazkur belgi paydo bo‘lgan.

4. Avstraliyadagi Perta zarbxonasida tayyorlangan tilla tanga dunyodagi eng og‘ir tanga hisoblanadi. Uning og‘irligi 1 tonnani tashkil etadi, 999-probali oltindan tayyorlangan, diametri 80, qalinligi 12 santimetrdan iborat. Nominal narxi 1 million dollar, biroq mutaxassislar uni yombi holatida 55 million dollarga sotish mumkinligini bildirmoqda.

5. Isaak Nyuton nafaqat buyuk olim, balki Buyuk Britaniya qirollik zarbxonasi boshqaruvchisi ham bo‘lgani va tangalarga botiq chiziqlar joylashtirishni o‘ylab topganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu tangalar qimmatbaho metallardan tayyorlangan davrlarda ularni qalbakilashtirishni ancha qiyinlashtirgan.

6. Odatda pullar nominali qancha bo‘lsa, shuncha qiymatda bo‘ladi. Biroq bu iste’moldan chiqqan, suvenir yoki kolleksiya uchun mo‘ljallangan nusxalarga tegishli emas. Hozirgi kunda 1794-yilda AQShda chiqarilgan “Yozilgan sochlar” deb ataluvchi dollar eng qimmat tanga hisoblanadi, u auksionda 7 850 000 dollarga sotilgan.

7. Qog‘oz pullar, shunday nomlanishiga qaramay, qog‘ozdan emas, balki paxta va zig‘irpoya tolasidan maxsus tayyorlangan maxsus chidamli materialdan tayyorlanadi. Shuningdek, hozir ko‘plab mamlakatlarda banknotlar pishiqligini yanada oshiradigan yangi materiallar tajribadan o‘tkazilmoqda. Masalan, Avstraliya, Xitoy, Braziliya, Shimoliy Irlandiya, Ruminiya va boshqa davlatlarda pullar maxsus yupqa plastikdan tayyorlanmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн