Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qalbaki bomba bilan yetti soat: Saif Mustafo kim va u nima uchun Misr samolyotini garovga oldi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 241           Дата: 31-03-2016, 12:12          
29-mart kuni Larnaka aeroportida politsiyaning yetti soatlik pand-nasihatlaridan so‘ng, EgyptAir samolyotini olib qochib ketgan Saif Eldin Mustafo taslim bo‘ldi. Misrlik tanasiga o‘rnatilgan portlovchi moddani harakatga keltirish bilan tahdid qildi, ammo u aslida qalbaki bo‘lib chiqdi; uning talabi bilan Iskandariyadan Qohiraga uchayotgan samolyot Kiprga qo‘ndi. Oxir-oqibat ma’lum bo‘lishicha, erkak o‘zi 1990-yillar boshida tashlab ketgan xotini va to‘rt farzandi bilan ko‘rishmoqchi bo‘lgan. Meduza samolyotning garovga olinishi va bosqinchining o‘zi haqida ma’lum bo‘lgan axborotni keltirib o‘tdi.

Qalbaki bomba bilan yetti soat: Saif Mustafo kim va u nima uchun Misr samolyotini garovga oldi?

Saif Mustafo 60 yoshlardagi misrlik bo‘lib, uning hayoti Kipr bilan chambarchas bog‘liq. 1986-yilda u kiprlik Marina Parasku ismli qiz bilan tanishib, unga uylanadi. To‘rt yil ichida ular besh farzandli bo‘ladi (ulardan biri bir necha yil avval avtohalokatda nobud bo‘lgan). 1990-yillar boshida Mustafo va Parasku ajrashgan va erkak, sobiq xotini so‘zlariga ko‘ra, o‘z farzandlariga hech qanday g‘amxo‘rlik qilmagan.

Kiprning Newsbomb nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Mustafo o‘tgan yili “Falastinni ozod etish fronti”ni qo‘llab-quvvatlagan va Yosir Arofatning ashaddiy tarafdori bo‘lgan. U Larnakadagi namoyishlarda qatnashgan va politsiya tomonidan do‘pposlangan. 1994-yilda Mustafoga Kiprga kelishni taqiqlab qo‘yishgan, buning sababi aniq qilib keltirilmadi. Newsbomb yozishicha, u Misrda to‘rt yillik qamoqqa hukm qilingan va, ehtimol, mamlakatni tark etish huquqiga ega bo‘lmagan. Gretsiyaning Protothema nashri ta’kidlashicha, Mustafoni Kiprdan deportatsiya qilishgan. Sudda uning o‘zi Misr hukumati aybi bilan 24 yildan buyon oilasi bilan ko‘risha olmaganini aytgan.

Said Mustafo Iskandariyadan Qohiraga uchayotgan Misr ichki reysini garovga olganini parvozdan 15 daqiqa o‘tib e’lon qilgan. U ekipaj a’zosiga yaqinlashib, portlovchi qurilmaga o‘xshatib yasalgan belbog‘ini va qo‘lidagi “detonator”ni ko‘rsatdi, layner garovga olinganini e’lon qildi va hammadan o‘z pasportini ko‘rsatishni so‘radi. U uchuvchiga samolyot garovga olingani haqida xabar berishni buyurdi va Turkiya, Gretsiya yoki Kiprga qo‘nishni (asosiysi, Misrga emas) so‘radi. Istilochi agar samolyot Misr hududiga qo‘nsa, o‘zini portlatishga va’da berdi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Mustafo “bomba”ni iPhone korpuslaridan yasagan, unda hech qanday portlovchi modda bo‘lmagan. Yo‘lovchilar buni bilmagan va qo‘rqib ketgan, ammo o‘zlarini xotirjam tutgan va sarosimaga tushmagan. Ulardan biri rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilib, bankda uning yig‘ib qo‘ygan pullari borligini aytgan, shundan so‘ng yo‘lovchining xotini telefon orqali uning aynan qaysi bank ekanligini surishtira boshlagan. Yana bir yo‘lovchi undan aeroportda olib qo‘yilgan muzlatilgan tovuq haqida qayg‘urgan; yana biri Kiprga qo‘nish oldidan uyg‘onib ketgan va samolyot garovga olinganligini tushunmagan holda, boshqa samolyotga o‘tirishga ulgurmay qolishidan jahli chiqqan.

Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ngach, Saif Mustafo yo‘lovchilarni qo‘yib yubora boshladi. Dastlab u barcha misrliklarga ketishga ruxsat berdi, samolyotda faqat ekipaj va xorijliklarni qoldirdi. So‘ng laynerda ekipajning to‘rt a’zosi va buyuk britaniyalik uch yo‘lovchi qoldi. Ulardan biri, Ben Inns, endi yo‘qotadigan narsam yo‘q, deya, garovga olgan shaxsdan birga suratga tushishni so‘radi. Keyinroq Inns nima uchun bunday qilganini o‘zi ham unchalik tushunmaganligini aytdi. Ammo u suratga tushish paytida “portlovchi qurilma” haqiqiyga o‘xshamasligini anglab, tinchlandi.

Yetti soatlik muzokaralardan so‘ng Mustafo garovdagilarning barchasini qo‘yib yubordi va politsiyaga taslim bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн