Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 593           Дата: 31-03-2016, 00:24          
Hayotda muvaffaqiyatga erishgan ko‘plab insonlar erta turishni odat qilgan. Ular hamkasblari va raqiblariga nisbatan kunni ertaroq boshlash, ko‘proq ishlash, shu bilan birga, shaxsiy hayot uchun ham vaqt qoldirishni istaydi, deya hikoya qiladi Lifehacker.

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Den Akerson, General Motors rahbari

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Akersonning aytishicha, kamdan-kam 4:30—5:00 dan kech turadi. Saharlab ularda juda kech bo‘lib ketmasligi uchun GM’ning Osiyodagi vakolatxonasiga qo‘ng‘iroq qilishi lozim. U o‘zining hozirgi ishini murakkab, qiziqarli va o‘ziga tortuvchi deb biladi. Ba’zan hatto tuni bilan uxlamasligiga ham to‘g‘ri keladi. Yaxshiki, bu tunlar unchalik uzun ham emas.

Tim Kuk, Apple bosh direktori

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Tim Kuk 4:30 turadi va dastlab pochtani ko‘radi. Soat beshda uni trenajyor zalidan topish mumkin. U ofisga birinchi bo‘lib kelib, oxiri ketishidan faxrlanadi.

Stiv Myorfi, Christie’s rahbari

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Rodale nashriyotining sobiq rahbari shoir Uilyam Bleykning quyidagi satrlaridan ilhomlanadi: “Ertalab o‘yla, kunduzi harakat qil, kechki payt o‘qi va tunda uxla”. Shu iborani o‘qiganidan beri uning hayoti butkul o‘zgardi. Myorfining aytishicha, ertalabki mushohadalar uni strategik fikrlash va faol bo‘lishga undaydi.

Robert Ayger, Disney bosh direktori

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Ayger soat 4:30 da turadi va tonggi vaqtini gazeta o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, musiqa tinglash, elektron pochtani tekshirish va televizor ko‘rishga sarflaydi. U yuqoridagi ishlarning barini deyarli bir vaqtda qiladi.

Xeym Seben, Saban Capital rahbari

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Asli misrlik bo‘lgan milliarder Xeym Seben 6:02da bir finjon qahva ichadi. So‘ng bir soat ishlaydi, keyin esa 75 daqiqa badantarbiya qiladi. Shundan so‘nggina uning kuni boshlanadi.

Padmashri Uorrior, Cisco texnik direktori

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Padmashri Uorrior 4:30 da uyg‘onib, bir soatni pochta bilan tanishishga ajratadi. Keyin yangiliklarni o‘qiydi va o‘g‘lini maktabga tayyorlaydi. 20:30 da ham uni ofisdan topasiz. Avval u Motorola texnik direktori lavozimini egallagan va biznesdagi eng muvaffaqiyatli ayollardan biri deb topilgandi.

Andrea Yang, Avon Products rahbari

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Andrea Yang 5:00 da turadi va sport zaliga jo‘naydi, soat sakkizda esa ish joyida bo‘ladi.

Xovard Shuls, Starbucks bosh direktori

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Shuls kunni badantarbiyadan boshlaydi, odatda bu rafiqasi bilan velosipedda sayrdan iborat. Shunga qaramay, ertalabki oltidayoq ofisga keladi. Starbucks prezidenti Mishel Gass har kuni 4:30 turadi va yuguradi. 15 yildan beri shu ahvol. Balki hamma gap kofedadir?

Katta va kichik Jorj Bush, AQShning sobiq prezidentlari

Muvaffaqiyatga erishgan aksar insonlar nega erta turishni odat qilgan?

Katta Jorj Bush soat to‘rtda turib, yugurish bilan mashg‘ul bo‘lar, oltida ofisga kelib, tungi ikkigacha qolib ketardi. Kichik Jorj Bush esa ofisga birmuncha “kechroq” — 6:45 da kelar va ko‘pincha shu paytda uchrashuvlarini o‘tkazardi. Uning jamoasi ham shunday ishlashga ko‘nikkandi: Kolin Pauell ofisga ertalabki oltida kelib, u yerda kechki yettigacha qolib ketgan. Kondoliza Rays esa ishga borguncha sportzalga ulgurish uchun 4:30 da turardi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн