Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2009–2016-yillarda samolyotlarni garovga olishga bo‘lgan urinishlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 165           Дата: 30-03-2016, 09:53          
Kecha, 29-mart kuni Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyoti garovga olindi. Burj al-Arab–Qohira reysini amalga oshirayotgan samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan shaxs uni Turkiya tomon burish talabini ilgari surdi, lekin yoqilg‘i kamligi bois A-320 Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘ndirildi. Bir qancha vaqtdan so‘ng barcha tutqunlar ozod qilindi, jinoyatchi esa qo‘lga olindi.

2009–2016-yillarda samolyotlarni garovga olishga bo‘lgan urinishlar

Shu voqea munosabati bilan “RIA Novosti” 2009–2016-yillar orasida sodir etilgan samolyotlarni garovga olish holatlarini esga oldi.

2014

10 iyun kuni Gruziya fuqarosi Kutaisi–Minsk reysini amalga oshirayotgan samolyotni garovga olishga urindi. Noma’lum yo‘lovchidan ekipaj komandiriga kelgan xatda avialaynerni portlatib yuborish tahdidi aks etgan edi. Uning muallifi yo‘nalishni o‘zgartirib, Yevropa davlatlaridan biriga uchishni talab qilgandi. Samolyot bortida 32 yo‘lovchi, shu jumladan, bir go‘dak hamda to‘rt nafar ekipaj a’zosi bor edi. Uchuvchilarning professional harakatlari tufayli samolyot Minsk aeroportiga qo‘ndi. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari samolyot bortiga chiqib, jinoyatchi bilan muzokara olib bordi. Natijada Gruziya fuqarosi ularga taslim bo‘ldi.

17-fevral kuni “Efiopiya havo yo‘llari”ning Addis-Abeba–Rim reysini amalga oshirayotgan layneri samolyot garovga olingani haqida ishora berdi. Boeing 767-300 layneri Shveysariyaning Jeneva shahrida qo‘ndi. Bortda bo‘lgan 200 kishidan hech kim zarar ko‘rmadi. Samolyotni garovga olgan shaxs ikkinchi uchuvchi bo‘lib chiqdi. Birinchi uchuvchi hojatga chiqqanida u boshqaruv kabinasini qulflab qo‘yib, bort garovga olinganini e’lon qilgan. Samolyot yerga o‘tirgach, u politsiyaga taslim bo‘lib, Shveysariyadan boshpana so‘radi.

7-fevral kuni Turkiyaning Pegasus Airlines kompaniyasiga tegishli, Xarkov–Istanbul reysini amalga oshirayotgan samolyot yo‘lovchisi ekipajni Rossiyaning Sochi shahri tomon uchishga majbur qilmoqchi bo‘ldi. U boshqaruv kabinasiga kirishga urindi, so‘ng samolyotni Sochiga burishni hamda Kiyevning Grushevskiy ko‘chasidagi to‘qnashuvda qo‘lga olinganlarni ozod etishni talab qildi. Shunga qaramay, 110 yo‘lovchini olib ketayotgan havo kemasi Istanbulga muvaffaqiyat bilan qo‘ndirildi. Ukraina fuqarosi bo‘lgan huquqbuzar politsiyaga o‘zini topshirdi.

2012

29-iyunda Xitoyning Tianjin Airlines aviakompaniyasi samolyoti Xetyan shahridan Urumchiga parvoz qilayotgan chog‘da olti nafar jinoyatchi kemani garovga olishga urindi, ammo guruh yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining harakatlari tufayli zararsizlantirildi. Olishuv paytida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilardan bir nechtasiga yengil jarohat yetkazildi. Jinoyatchilar politsiyaga topshirildi.

2011

24-aprelda Qozog‘istonning YuNESKOdagi vakolatxonasi maslahatchisi Valeriy Tolmachyov Parijdan Rimga qarab ketayotgan Alitalia kompaniyasi avialaynerini Liviya poytaxti Tripoliga burib yuborishga urindi. Ma’lum bo‘lishicha, u qo‘lidagi pakki bilan styuardessani bo‘g‘izlashini aytib tahdid qilgan. Ekipaj a’zolari uni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Rimda diplomat Italiya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Tibbiy ko‘rik xulosalariga ko‘ra, Tolmachyov ruhiy xastalikka uchragan hamda jinoyatni sodir etish chog‘ida kuchli stressdan aziyat chekkan.

2010

27-noyabrda Tehron–Damashq reysini garovga olishga uringan yo‘lovchi ushlandi. O‘sha paytda laynerda Eron parlamenti a’zolari bo‘lib, ular Damashqda o‘tadigan konferensiyada ishtirok etishi ko‘zda tutilgandi. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmadi.

29-iyul kuni Kavkazskiye Mineralniye Vodi–Moskva reysini amalga oshirayotgan samolyot “Domodedovo” aeroportiga qo‘nishi bilan yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olindi. Bortda 105 kishi, shu jumladan, besh nafar bola va yetti nafar ekipaj a’zosi bor edi. Tutqunlarni ozod etish sharti sifatida jinoyatchi Rossiya rahbariyati bilan muloqotni talab qildi. Bir muddatdan so‘ng barcha yo‘lovchilar qutqarib olindi. Hibsga olingan jinoyatchi — Magomed Patiyev Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U o‘z xatti-harakatlarini 2010-yili Moskva metropolitenida amalga oshirilgan teraktga davlat rahbariyati e’tiborini qaratishga bo‘lgan intilish bilan tushuntirdi.

2009

21-oktabrda Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli, Istanbul–Qohira reysini amalga oshirayotgan layner xavfsizlik xizmati xodimlari kemani Quddus tomon burishni talab qilgan Sudan fuqarosini zararsizlantirdi. U samolyot bortidagi tushlik komplektiga kiruvchi pichoq bilan qurollangan edi.

9-sentabr kuni Meksikaning Aeromexico aviakompaniyasiga tegishli layner Kankun–Mexiko reysini bajarish chog‘ida boliviyalik Xose Flores ismli shaxs tomonidan garovga olindi. U samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilib, Meksika prezidenti Felipe Kalderon bilan muloqot so‘radi. Keyinroq bort Meksika poytaxtiga qo‘ndirildi, jinoyatchi esa hibsga olindi. Samolyotda 104 nafar yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bor edi.

19-apreldan 20-aprelga o‘tar kechasi Yamayka orolining shimoli-g‘arbida joylashgan Montego-Bey shahridagi Sangster xalqaro aeroportida samolyot garovga olindi. O‘qotar qurolga ega noma’lum shaxs Galifaksga uchish taraddudidagi Boeing 737 bortiga kirib oldi. Kanadaning CanJet Airlines kompaniyasiga tegishli havo kemasi bortida 174 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bor edi. Barcha yo‘lovchilar hamda ekipajning ikki a’zosi samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘ldi. Jinoyatchining qo‘lida ekipajning olti a’zosi qoldi. Ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda Yamayka bosh vaziri Bryus Golding, milliy xavfsizlik vaziri hamda jinoyatchining otasi ishtirok etdi. Natijada samolyotda qolgan olti kishi qo‘yib yuborildi. Jinoyatchi terrorchi bo‘lmay, ruhiy xastalikka chalingan shaxs ekanligi aytildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн