Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rostov-Donda qulagan “Boing” uchuvchilari o‘rtasida halokat arafasida ixtilof kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 137           Дата: 28-03-2016, 12:29          
FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli “Boing”ning Rostov-Donda halokatga uchrashi arafasida havo kemasi uchuvchilari o‘rtasida ixtilof kelib chiqqan. Bu haqda “Kommersant” nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Rostov-Donda qulagan “Boing” uchuvchilari o‘rtasida halokat arafasida ixtilof kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

“Qora quti”lardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, uchuvchilar qo‘lda boshqarish rejimida samolyotni uchinchi aylana bo‘yicha olib o‘ta boshlagan, bunda ularning uchish-qo‘nish tasmasiga yetishiga 6 kilometr qolgan. Bunday manyovr odatda avtomatik rejimda amalga oshiriladi, bunda bort kompyuteri rullarning turishini sekin-asta o‘zgartiradi. Qo‘l boshqaruvi rejimida esa uchuvchilar buni unutib, rullarni keskin tezlik to‘plash rejimiga qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Aytilishicha, uchuvchilar tajribasizligi tufayli yoki charchoqdan samolyot keskin ko‘tarilayotganini payqamagan bo‘lishi mumkin. Samolyot tezligi tusha boshlaganida esa ular orasida ixtilof kelib chiqqan. Ulardan biri tezlikni oshirib, dvigatellarni yerdan ko‘tarilish rejimiga moslashtirmoqchi bo‘lgan, ikkinchi uchuvchi esa sherigiga baqira ketgan.

Uchuvchilar samolyotga bo‘lgan bosim ortayotganini tushunganida qanday harakat qilish borasida kelishib olgan, lekin ular kech qolgan — samolyot qulayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн