Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bryussel aeroportidagi teraktning uchinchi ishtirokchisi mustaqil jurnalist bo‘lib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251           Дата: 26-03-2016, 21:54          
Belgiya politsiyasi Bryussel aeroportidagi teraktning uchinchi ishtirokchisini qo‘lga oldi. Hujumdan bir necha soat o‘tib, chop etilgan videoda ko‘zga tashlangan “shlyapali erkak” mustaqil jurnalist Faysal Sheffu bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi “RBK”.

Bryussel aeroportidagi teraktning uchinchi ishtirokchisi mustaqil jurnalist bo‘lib chiqdi

Avvalroq Belgiyaning Derniere Heure gazetasi Bryussel aeroportidagi portlashlarni amalga oshirgan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning fotosuratini e’lon qilgan edi. Ammo keyinroq fotosuratda aka-uka Bakraviylar yonida ketayotgani qayd etilgan shaxs portlashlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Najim Laashraviy bo‘lib chiqmagani aytilgan edi. Endilikda uning Faysal Sheffu bo‘lgani gumon qilinmoqda.

25-mart, juma kuni u politsiya tomonidan qo‘lga olindi, 26-mart kuni esa u teraktlar uyushtirish, qotillik va qotillikka urinishda ayblandi.

Belgiyaning Le Soir gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Sheffu hamda uning ikki sherigini aeroportga olib kelgan taksichining ko‘rsatmalari asosida uning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Gumondorning uyidan qurollar yoki portlovchi moddalar topilmagan.

Faysal mustaqil jurnalist bo‘lib, xususan, Journal du Musulman nashrida maqolalar chiqarib borgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bryussel aeroportidagi bombani aka-uka Bakraviylar portlatgani xabar qilingandi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportdagi portlashga jami uch kishi aloqador bo‘lgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, uchinchisi aerovokzal binosidan qochib qolgan.

22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxtining aeroporti va metrosida qator portlashlar sodir etildi. Natijada, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘ldi, 230 kishi jarohat oldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн