Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiya Davlat dumasi O‘zbekiston bilan moliyaviy da’volarning tartibga solinishini ma’qulladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 272           Дата: 25-03-2016, 21:56          
Rossiya Davlat dumasi 25-mart, juma kuni Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida o‘zaro moliyaviy da’volar va majburiyatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Rossiya Davlat dumasi O‘zbekiston bilan moliyaviy da’volarning tartibga solinishini ma’qulladi

Kelishuv 2014-yil 10-dekabrda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rasmiy tashrifi davomida Toshkentda imzolangandi. U tomonlar o‘rtasida sobiq Ittifoq operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan da’volar, jumladan, SSSR Olmos fondini bo‘lishish, Vneshekonombank hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekistonga 1992—1993-yillarda taqdim etilgan kreditlarni qaytarishdan voz kechishni anglatadi.

Qonunga ilova qilingan izohda ma’lum qilinishicha, Rossiya 2014-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekistonning muddati o‘tgan 889,3 million AQSh dollari (jumladan, foizlar bo‘yicha 388,7 million dollar) miqdoridagi qarzidan kechadi.

“Imzolangan kelishuv Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kuchaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘lishiga yordam beradi”, — deya ta’kidlagan Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchak.

Kelishuvning kuchga kirishi Rossiya budjet qonunchiligida mustahkamlab qo‘yilgan O‘zbekiston bilan kredit-moliyaviy hamkorlikka o‘rnatilgan taqiqni bekor qiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн