Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha jahon mamlakatlari reytingida 100-o‘rinni egalladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 223           Дата: 25-03-2016, 18:00          
BMTning Davlat boshqaruvi va rivojlanishni boshqarish bo‘limi jahon davlatlarining elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha indeksini (E-Government Development Index) e’lon qildi. Bu haqda Gumanitar texnologiyalar markazi xabar berdi.

O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha jahon mamlakatlari reytingida 100-o‘rinni egalladi

The UN Global E-Government Development Index kompleks ko‘rsatkich bo‘lib, milliy davlat strukturalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga hozirligi va bu boradagi imkoniyatlarini baholaydi. 2003-yilda boshlangan loyiha doirasida bir necha yilda bir marta indeks e’lon qilib boriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra indeksdan o‘rin oladigan davlatlar quyidagi uch kriteriy bo‘yicha baholarning o‘rtacha indeksi asosida pog‘onalashtiriladi: internet xizmatlarining sifati va qamrov hududi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi hamda inson kapitali.

2014-yil yakunlariga ko‘ra tuzilgan reytingdan 193 davlat o‘rin oldi. Ular orasida O‘zbekiston 100-o‘rinni egalladi. O‘rta Osiyoning boshqa davlatlari quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd qildi: Qozog‘iston — 28, Qirg‘iziston — 101, Turkmaniston — 128, Tojikiston — 129, Afg‘oniston — 173.

Birinchi o‘rinni Janubiy Koreya egalladi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Avstraliya va Singapur kirdi.

O‘ntalikdan o‘rin olgan boshqa davlatlar: Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya.

Reytingga Niger, Eritreya va Somali yakun yasadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031