Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fojiadan besh yil so‘ng Fukusimada yashash xavfsizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 637           Дата: 25-03-2016, 15:19          
Fukusima-1 atom elektr stansiyasi joylashgan hududda hayotni eski o‘zaniga qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda. Ishchilar avariya oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda, besh yil muqaddam evakuatsiya qilingan odamlar esa qaytish yoki qaytmaslik haqida bosh qotirmoqda, deb yozadi “National Geographic Rossiya”.

Fojiadan besh yil so‘ng Fukusimada yashash xavfsizmi?

2011-yil 11-martida Yaponiyaning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 9 balli yer qimirlashi va u keltirib chiqargan, 40 metr balandlikka ko‘tarilgan sunami 15893 kishini hayotdan olib ketdi, 2572 kishi dom-daraksiz yo‘qoldi. 127290 uy vayron bo‘ldi, milliondan ortiq uyga zarar yetdi. Tabiiy ofatlar oqibatida Fukusima atom elektr stansiyasidagi yadroviy reaktorlarda portlashlar sodir bo‘ldi. Stansiyaning 20 kilometr radiusidagi hududda istiqomat qiluvchi 150 ming kishi evakuatsiya qilindi.

O‘z uylaridan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan odamlar oldida bugun qiyin tanlov turibdi: qaytish yoki qaytmaslik masalasi. Aksariyat ushbu hududda radiatsiya darajasi hali ham yuqoriligidan cho‘chimoqda. O‘z navbatida, Yaponiya rasmiylari 9 million kubometr zararlangan tuproq olib chiqib ketilganini, bu radiatsiya darajasini 0,23 mikrozivert/soatga kamaytirishini ta’kidlamoqda.

2014-yilda fukusimalik bir guruh katta sinf o‘quvchilari evakuatsiya zonasidan tashqaridagi hududda radiatsiya darajasini o‘lchash bo‘yicha xalqaro tadqiqot o‘tkazdi. Yaponiyadagi 12, Polshadagi 8, Fransiyadagi 4, Belarusdagi 2 maktabning 200 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchilari ikki hafta mobaynida dozimetr bilan yurib, ko‘rsatkichlarni qayd qilib borishi lozim edi. So‘ng natijalar Fukusimadagi bilan solishtirildi. Mahalliy maktab ilmiy klubi a’zosi Xaruka Onodera loyiha tashabbuskori bo‘ldi.

Fojiadan besh yil so‘ng Fukusimada yashash xavfsizmi?

O‘quvchilar tadqiqot natijalarini Journal of Radiological Protection jurnalida chop etdi. Ular kelgan xulosaga ko‘ra, Fukusima prefekturasida maktab o‘quvchilari olayotgan nurlanish dunyoning boshqa chekkalaridagi ko‘rsatkichlardan sezilarli farq qilmaydi.

2017-yil bahoriga qadar evakuatsiya qilinganlarning 70 foizi o‘z uylariga qaytib kelishi kutilmoqda.

“Aholi o‘rtasida radiatsiya ta’siri xususida tushuntirish ishlari olib borilmagan, — dedi Minamisoma shahri meri Katsunobu Sakuray. — Ko‘plar qaytish haqida qaror qabul qilishga qiynalmoqda, negaki ular radiatsiyaning qanday darajasi aslida xavfsiz ekanligini bilmaydi”.

Sakuray rahbarlik qilayotgan shahardan avariyadan so‘ng 14 ming kishi evakuatsiya qilingan edi.

Shu bilan birga, ayrimlar, radiatsiya darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, ular qaytishga majbur qilinayotganini uqtirmoqda.

AES menejeri Akira Ononing so‘zlariga qaraganda, ayni paytda elektrostansiyaning ahvoli barqaror, eng jiddiy xavfni esa zararlangan suv tug‘diradi. Hukumat suvni radionuklidlar, birinchi navbatda tritiydan tozalash bo‘yicha tajribaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн