Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Facebook’da umuman tavsiya etilmaydigan 10 ta narsa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 205           Дата: 25-03-2016, 12:09          
“Nichosi” nashri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida amalga oshirish umuman tavsiya etilmaydigan xatti-harakatlar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Facebook’da umuman tavsiya etilmaydigan 10 ta narsa

1. Mushukchalarning rasmlarida odamlarni belgilash (“teg” qilish)

Agar odam suratda bo‘lmasa, hech qachon uni belgilamang. Agar suratda gullar aks etgan bo‘lsa, teglar haqida umuman unuting. Fotosuratingizda siz uyushtirgan ziyorat muhrlangan bo‘lsa, begona kishilarni belgilamang.

2. Odamlarni guruhlarga qo‘shish

Facebook’dagi tijorat guruhlari ish bermaydi. “Paypoqlar do‘koni” kabi guruhlardan hamma darhol chiqib ketadi, shu bilan bir vaqtda sizni ham do‘stlari ro‘yxatidan o‘chiradi. Facebook’dagi guruhlar qiziqishlar bo‘yicha muloqot uchungina kerak. U yerga kishining roziligini olgachgina, uni qo‘shish mumkin.

3. Do‘stlaringizning “obro‘sini to‘kadigan” suratlarni joylash

Insofli bo‘lib, boshqalar uncha yaxshi bo‘lmagan ko‘rinishda tushgan suratlarni e’lon qilmang.

4. Biznes nomi ostida shaxsiy akkauntlar ochish

Fotima yoki Valijon bilan do‘stlashish mumkin, ammo Zakaz Somsa, Arzon Massaj kabilar sizga do‘stlik taklif qilsa-chi? Biznes uchun alohida sahifa ochish zarur.

5. O‘yin va dasturlardan so‘rovlar jo‘natish

Barchaga ish vaqtida o‘yin o‘ynayotganligingizni bildirish tahsinga sazovor. Avvalo boshlig‘ingizga o‘yinga qo‘shilishni taklif qilib ko‘ring-chi, u buni aniq qadrlaydi. Balki sizni yutib ham chiqar.

6. 100 kishilik muhokama ochish

100 nafar do‘stdan xalos bo‘lishning eng yaxshi yo‘li — “Barchaga salom, mana Rayhonning yangi klipi linki” degan mavzuda yuz kishi uchun muhokama ochish.

7. Caps Lock

Caps Lock — bu baqiriq. Baqirganlarni do‘stlar ro‘yxatidan o‘chirishadi.

8. Hayotdagi har bitta hodisani tadbir sifatida belgilash

Barcha do‘stlarga Sazag‘on qishlog‘idagi sinfdoshlar uchrashuvi uchun taklifnoma jo‘natish. Bu barcha uchun qiziqarlimi? U yerga hamma boradimi?

9. Do‘stlarni taklif qilish

Sizni do‘stlikka qabul qilishlari bilan, darhol bu odamga o‘z do‘stlaringizning 200 nafarini taklif qilish orqali kishini osongina bezor qilish mumkin.

10. “Klass” bosing, nechta ekanligimizni ko‘rsataylik

Bu yerni siz boshqa ijtimoiy tarmoq bilan adashtiryapsiz. Bu yerdagilar maktabni allaqachon bitirishgan. Bu yerda hech narsani ko‘rsatish kerak emas.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031