Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Meksika narkokarteli AQShga o‘tish uchun qazigan 366 metrli yer osti yo‘li aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 286           Дата: 24-03-2016, 21:02          
AQSh huquq-tartibot organlari mamlakatni qo‘shni Meksika bilan bog‘laydigan navbatdagi yer osti yo‘lini aniqladi. Associated Press agentligiga tayanib, “TASS”ning xabar berishicha, Meksika narkokarteli ushbu maxfiy yo‘ldan AQShga giyohvand moddalar yetkazishda foydalangan.

Meksika narkokarteli AQShga o‘tish uchun qazigan 366 metrli yer osti yo‘li aniqlandi

AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari qo‘lga tushirilgan bir tonnadan ortiq miqdordagi marixuananing kelib chiqishini tekshirish asnosida maxfiy yo‘lga duch keldi. Ma’lum bo‘lishicha, 366 metrli tunnel Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatidagi Mexikali shahrida joylashgan restorandan boshlanib, AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Kaleksiko shaharchasidagi yangi qurilgan uyga qadar borgan.

Meksikalik jinoyatchilar 2015-yil aprelida 40 ming kishi istiqomat qiladigan Kaleksikoda 240 ming dollarga ko‘chmas mulk xarid qilgan va undan maxfiy yo‘lning oxirgi nuqtasi sifatida foydalangan. Mazkur tunneldan dastlabki noqonuniy yetkazma 28-fevral kuni amalga oshirilgan — u orqali AQShga 600 kilogramm marixuana olib kirilgan, ammo mol Los-Anjeles yaqinida qo‘lga tushirilgan.

Uy egasi hibsga olinib, giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda.

Kaleksikodagi tunnel oxirgi o‘n yil ichida topilgan Meksika bilan AQShni bog‘laydigan o‘n ikkinchi maxfiy yo‘ldir.

Ta’kidlanishicha, bu hududda giyohvand moddalar savdosini Meksikaning “Sinaloa” karteli nazorat qiladi. Jinoiy tuzilma rahbari — “Pakana” laqabli Xoakin Gusman 2015-yilning iyulida Meksika qamoqxonasidan uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan yer osti yo‘li orqali qochib ketgan, ammo bir necha oydan so‘ng yana qo‘lga olingan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн