Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda okeanshunoslar 95 yil avval yo‘qolgan harbiy kemani topdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 223           Дата: 24-03-2016, 15:17          
Amerikalik harbiylar hamda Okean va atmosferani o‘rganish bo‘yicha AQSh milliy boshqarmasi (NOAA) xodimlari XX asrning dengiz tarixi bilan bog‘liq sirni ochishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Ular 95 yil avval izsiz yo‘qolgan “Konestoga” (USS Conestoga) harbiy shatakchi kemasini topdi.

AQShda okeanshunoslar 95 yil avval yo‘qolgan harbiy kemani topdi

Aslida ushbu kema qoldiqlari 2009-yildayoq San-Fransisko qirg‘oqlari yaqinida Farallon orollaridan 5 km masofada 57 metr chuqurlikdan topilgan, biroq o‘shanda tadqiqotchilar cho‘kib ketgan noma’lum kemani aniqladik, deb o‘ylagan edi.

2014-yilda mutaxassislar avvalroq topilgan cho‘kib ketgan kemalarni o‘rganishni boshladi. 2015-yil oktabrida ular “Konestoga”ning yo‘nalishi Farallon orollari yaqinidan o‘tganini aniqladi. Kema halokatga uchragan hudud chuqur suv ostiga kameralar tushirib o‘rganildi. Olingan kadrlarda kemaga jiddiy shikast yetmagani, ammo uning korpusi korroziyadan ancha zararlanganini ko‘rish mumkin.

Tadqiqot yakunlariga ko‘ra, okeanshunoslar va ularga yordam bergan harbiylar cho‘kib ketgan kema “Konestoga” degan xulosaga keldi.

Ushbu shatakchi kema AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan 1917-yilda sotib olingan. U 1921-yilda Mar-Aylenddagi harbiy-dengiz bazasidan Gavayidagi Pyorl-Xarborga otlangan, o‘shandan buyon “Konestoga” va uning 56 nafar ekipajining taqdiri noma’lum bo‘lib kelgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031