Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bryusseldagi portlashlar. Belgiya poytaxtiga uyushtirilgan hujum haqida nimalar ma’lum?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 321           Дата: 22-03-2016, 15:52          
Belgiya poytaxti Bryusselda 22-mart, seshanba kuni kamida uchta portlash yuz berdi. Dastlab ikkita portlovchi uskuna “Zaventem” aeroportida harakatga keltirildi. Oradan bir soat o‘tib, metro bekatida portlash yuz berdi. Hukumat aeroportdagi hodisani terakt deb rasman tan oldi. Portlashlar oqibatida 20 dan ziyod odam halok bo‘ldi; bir necha o‘nlab kishi tan jarohati oldi. Meduza nashri Bryusselga uyushtirilgan hujum haqida ma’lum jihatlarni bir sahifaga jamladi.

Bryusseldagi portlashlar. Belgiya poytaxtiga uyushtirilgan hujum haqida nimalar ma’lum?

Bryusseldagi “Zaventem” aeroportining uchib ketish zalida mahalliy vaqt bilan tonggi soat 8:00 atrofida ikki portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 35 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Fotosuratlarda uchib ketish zalining tomi qisman qulagani, oynalar sinib ketganini ko‘rish mumkin. Fransiya nashrlarining ma’lum qilishicha, uchib ketish zalida yana bir portlash bo‘lgani, uchish-qo‘nish yo‘lida esa boshqa bir bomba portlagani haqida xabar berdi, biroq bu axborot tasdiqlanmadi.

#BrusselsAirport (RTBF) pic.twitter.com/Q4vMevLtYK

— Gilles Klein (@GillesKLEIN) March 22, 2016

Oradan bir soat o‘tib Bryussel markazidagi “Malbek” metro bekatida (yoki uning yonida) portlash yuz berdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 10 nafardan 15 nafargacha odam halok bo‘lgan. Norasmiy axborotga ko‘ra, jabrlanuvchilar soni 55 kishiga yetgan. Belgiya poytaxtidagi metroda poyezdlar harakati to‘xtatilagn. Ijtimoiy tarmoqlarda esa bekatlar oralig‘ida to‘xtatilgan poyezdlarning yo‘lovchilari tonnellardan chiqib kelayotgani tasvirlangan videolar e’lon qilingan.

Evacuation du metro juste avant Maelbeek #brussels traumatisant pic.twitter.com/5MmRIelAC2

— Quentin Genaille (@zhuyida) March 22, 2016

Hukumat hodisalar terrorchilik harakatlari ekanligini rasman tan oldi. Aeroportdagi bir portlash terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan; shuningdek, aeroportga portlovchi uskuna o‘rnatilgan (metrodagi portlashni kim uyushtirgani noma’lum). Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlardan avval aeroportda otishma ovozlari va arab tilidagi baqiriqlar eshitilgan. Shuningdek, tasdiqlanmagan axborotga ko‘ra, aeroportda uchinchi bomba ham topilgan, lekin u portlamagan.

Belgiyada terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e’lon qilingan. Parijdan Thalys va Londondan Eurostar tezyurar poyezdlarining harakati to‘xtatilgan. Belgiya hukumati Fransiya bilan chegarani vaqtincha yopishga qaror qildi. Parij va Londonda davlat rahbarlari xavfsizlik bo‘yicha favqulodda majlislar chaqirdi. Bryussel aeroporti 23-mart soat 6:00 gacha yopiq bo‘ladi.

  • Bryusseldagi teraktlar

Bryusseldagi portlashlardan bir necha kun avval Parijdagi teraktlarga aloqador deb gumon qilinayotgan Saloh Abdisalom hibsga olingan edi. U 2015-yil noyabrida Belgiyaga qochgan, shundan so‘ng uning izi yo‘qolgan edi; uni faqatgina 18-mart kuni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi. Belgiya tashqi ishlar vaziri Didye Reynderning ma’lum qilishicha, Abdisalom Bryusselda teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan, biroq aynan qanday teraktlar haqida so‘z borayotganiga aniqlik kiritmagan. NBC’ning Yevropa maxsus xizmatlaridagi manbaga asoslanib xabar berishicha, Belgiya poytaxtiga uyushtirilgan hujum ortida IShID turibdi, deb gumon qilinmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн