Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rostov-Donda qulagan “Boing”ning uchuvchisi va aeroport dispetcheri o‘rtasidagi muloqot audioyozuvi e’lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 201           Дата: 20-03-2016, 12:42          
Rostov-Don aeroporti dispetcherlarining halokatga uchragan “Boing” uchuvchilari bilan suhbati audioyozuvi va uning matnli talqini “Parvozlar xavfsizligi” xalqaro maslahat-tahlil agentligi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Rostov-Donda qulagan “Boing”ning uchuvchisi va aeroport dispetcheri o‘rtasidagi muloqot audioyozuvi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, muloqot odatdagi tartibda kechgan, samolyot ekipaji bortda qandaydir nosozlik borligi haqida axborot bermagan.

Layner uchuvchisi ob-havo sharoiti haqida so‘ragan, bunga javoban dispetcher ekipajni kuchli shamol esayotgani, ko‘rish olti kilometrgacha cheklangani, kuchli yomg‘ir yog‘ayotgani va turbulentlik kuchli ekani haqida ogohlantirgan.

Shunga qaramay, dispetcher shamolning ko‘chishi haqida ogohlantirish yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Bunga javoban uchuvchi: “Oynaga qarasangiz, ser, ob-havo bilan bog‘liq vaziyat avvalgiga qaraganda yaxshiroqdek ko‘rinadi”, — deya qayd etgan.

Muloqot uchuvchining ikkinchi aylanaga ketish qarorini ma’lum qilishi bilan yakuniga yetadi. “Ikkinchi aylanaga ketdim, Sky Dubai 981”, — degan uchuvchi.

Shundan so‘ng dispetcher ikkinchi urinishda samolyotni qo‘ndirish uchun uchuvchiga bir necha ko‘rsatma beradi, shu bilan muloqot yakuniga yetgan.

Avvalroq FlyDubai aviakompaniyasi ijrochi direktori Geyt al-Geyt Rostov-Donda qulagan “Boing” uchuvchisi halokat signalini yo‘llamaganini ma’lum qilgandi.

  • Rostov-Donda qulagan “Boing”

Eslatib o‘tamiz, FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli, Dubaydan Rostov-Donga uchayotgan “Boing” layneri 19-mart, shanba kuni Rostov-Don aeroportiga qo‘nishga urinish vaqtida halokatga uchragan edi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 62 kishining barchasi, xususan, O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031