Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ekspertlar Rostov-Dondagi Boeing halokatining ehtimoliy sabablarini ma’lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 271           Дата: 20-03-2016, 10:06          
Rostov-Donda halokat va 62 kishining o‘limi bilan yakunlangan Boeing 737-800 samolyotining qo‘ndirilishi murakkab ob-havo sharoitida amalga oshirildi. Aviatsiya ekspertlari sharoitlar va ekipaj xatti-harakatlariga dastlabki bahoni berdi, deb yozadi “RBK”.

Ekspertlar Rostov-Dondagi Boeing halokatining ehtimoliy sabablarini ma’lum qildi

“Parvozlar xavfsizligi” konsultatsiya-tahliliy agentligi bosh direktori Sergey Melnichenko samolyotni qo‘ndirishga bo‘lgan birinchi va ikkinchi urinishlar o‘rtasida samolyot ikki soatcha havoda bo‘lib turganining ehtimoliy sabablarini tushuntirdi.

“Uchuvchilar ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol qaysidir lahzada ob-havo yaxshilangan va ular shundan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan. Biroq soniyasiga 22 metr tezlikda juda kuchli shamol bo‘lgan, samolyotning esa uchdan bir qismigina to‘la bo‘lgan. Kuchli shamol esayotgan vaqtda yarmi bo‘sh samolyotni boshqarish qiyinroq”, — deya aniqlik kiritdi Melnichenko.

“Hozir barcha mutaxassislar samolyotning eson-omon qo‘nishiga noqulay ob-havo sharoiti xalal bergani haqidagi fikrga qo‘shilmoqda. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni qo‘ndirish uchun birinchi urinish 17 m/soniya tezlikda shamol esayotgan vaqtda amalga oshirilgan, ikkinchisi esa bundan ham kuchliroq shamol vaqtida bo‘lgan. Boshqa aeroportlarda sharoitlar qulayroq bo‘lgan, ekipajda esa birorta zaxira aerodromiga borish yoki yana biroz kutish uchun yetarlicha yoqilg‘i bo‘lgan. Samolyot qulagan vaqtda unda yana ikki soatlik parvozga yetadigan yoqilg‘i bor edi”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

  • Rostov-Donda qulagan “Boing”

Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri o‘zbekistonlik bo‘lgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031