Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Putin Rostov-Dondagi aviahalokat qurbonlarining oilalari uchun barcha zarur yordamni ko‘rsatish haqida ko‘rsatma berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 284           Дата: 19-03-2016, 15:13          
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rostov-Donda yuz bergan aviahalokat sabab o‘z yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardligini bildirdi, Rostov viloyati gubernatori va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariga halok bo‘lganlarning oila a’zolari uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Putin Rostov-Dondagi aviahalokat qurbonlarining oilalari uchun barcha zarur yordamni ko‘rsatish haqida ko‘rsatma berdi

“Gubernator Vasiliy Golubyev va favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samolyot qulagan hududda olib borilayotgan qidiruv ishlari haqida axborot berdi. Putin hozirgi vaqtda eng asosiy masala — halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlari bilan ishlash ekanligini ta’kidladi”, — dedi Putinning matbuot kotibi.

“Rossiya prezidenti aviahalokat sabab yaqinlarini yo‘qotgan barchaga o‘zining chuqur hamdardligini bildiradi”, — dedi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Boeing halokatga uchragan hududga Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov, Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov, “Rosaviatsiya” rahbari Aleksandr Neradko va Rossiya prezidentining Rossiya Janubiy federal okrugi bo‘yicha vakili Vladimir Ustinov yo‘l olgan.

  • Rostovda qulagan “Boing”

Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rostov-Don aeroportiga qo‘nishga urinish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortidagi 62 kishi — 55 yo‘lovchi va ekipajning yetti a’zosi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн