Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiya Suriyadagi urushga 33 mlrd rubl sarfladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 379           Дата: 17-03-2016, 22:02          
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lumot berishicha, Suriyadagi harbiy operatsiyaga mamlakat mudofaa vazirligi budjetidan 33 milliard rubl sarflangan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Rossiya Suriyadagi urushga 33 mlrd rubl sarfladi

Operatsiya yakunlari haqida gapirarkan, Putin Rossiya “vaziyatni tubdan o‘zgartirgani”ni ta’kidladi.

“Biz terror o‘simtasining ildiz otishiga yo‘l qo‘ymadik, jinoyatchilarning zaxiralari, qurol va o‘q-dori saqlanadigan omborxonalari vayron qilindi, terrorchilarning asosiy moliyaviy ozuqasi bo‘lgan neft kontrabandasi yo‘nalishlari to‘sildi”, — dedi u Suriyadagi maxsus operatsiyada namuna ko‘rsatgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirish marosimidagi chiqishida.

Shuningdek, Putin Suriyadagi qonuniy davlatchilikni mustahkamlash yo‘lida katta ishlar amalga oshirilganini alohida qayd qilib o‘tdi. U Suriyaga har tomonlama yordam ko‘rsatish, shu jumladan, harbiy operatsiyalarga Rossiya aviatsiyasini jalb qilishga va’da berdi. RF rahbari, zarur bo‘lsa, Suriyadagi harbiy qo‘shilma bir necha soat ichida kuchaytirilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Marosimda 17 harbiy xizmatchiga mukofotlar topshirildi, jumladan, to‘rt kishi — Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-polkovnik Aleksandr Dvornikov, Bosh shtab bosh boshqarmasi zobiti polkovnik Vadim Baykulov, katta sinovchi shturman polkovnik Viktor Romanov va aviatsiya eskadrilyasi komandiri o‘rinbosari, mayor Andrey Dyachenko Rossiya Qahramoni unvoniga munosib ko‘rildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Suriya va Iroqdagi aviazarbalarga har kuni 11,5 million dollar sarflaydi. Rossiyaning Suriyadagi 167 kunlik (2015-yil 30-sentabridan 2016-yil 15-martigacha) operatsiyasining bir kunlik xarajati 2,8 million dollarni tashkil qildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031