Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Suriya shimolida kurd federal mintaqasi yaratilgani e’lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125           Дата: 17-03-2016, 18:17          
Suriyaning Xasaka viloyatidagi Rumaylanda o‘tgan syezdda ishtirok etgan 30 dan ortiq siyosiy partiya a’zolari mamlakat shimolida mintaqaviy federativ ma’muriyat tashkil etilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda, “Firat” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Suriya shimolida kurd federal mintaqasi yaratilgani e’lon qilindi

“Demokratik federativ Suriya — xalqlarning birgalikdagi hayoti va birodarligi kafolati” shiori ostida o‘tgan forumda 200 delegat ishtirok etdi. Ular orasida Suriyaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida yashovchi kurdlar, arablar, turkmanlar, ossuriyaliklar, cherkeslar va armanilarning vakillari bor.

G‘arbiy Kurdiston (Rojava) tashqi ishlar direksiyasining rasmiy vakili Idris Na’son bu qarorga izoh berarkan, kurdlarning Suriyaga geografik e’tirozlari yo‘qligini bildirdi.

“Shimoliy federativ hudud Suriyaning bir qismi bo‘lib qolaveradi”, — dedi u.

Shuningdek, Na’son Jenevadagi muzokaralar natijalariga ko‘ra tuziladigan hukumat tarkibiga kurdlarning vakillari ham kirishini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, Suriya TIV tarqatgan maxsus bayonotda federallashuv bilan bog‘liq har qanday masalani ko‘tarish mamlakatning hududiy yaxlitligiga daxl qilishga tenglashtirilib, konstitutsiyaga va xalqaro qonunchilikka zid harakat sifatida ko‘rilishi ta’kidlanadi.

“Bu yo‘nalishdagi har qanday bayonot qonuniy kuchga ega bo‘lmay, yuridik, iqtisodiy va ijtimoiy natijalar keltirmaydi, negaki Suriya xalqining niyati va maqsadini aks ettirmaydi”, — deyiladi hujjatda.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham vaziyatga shu pozitsiyadan turib baho bermoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн