Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyaning mingga yaqin harbiy xizmatchisi Suriyada qoldiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 238           Дата: 15-03-2016, 18:51          
Rossiyaning asosiy harbiy kuchlari Suriya hududidan chiqib ketishiga qaramay, harbiy maslahatchilar hamda qurollanish bo‘yicha mutaxassislar ushbu respublikada qolib, Suriya armiyasiga amaliy harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda harbiy-diplomatik manbalariga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.

Rossiyaning mingga yaqin harbiy xizmatchisi Suriyada qoldiriladi

“Shubhasiz, Rossiya harbiy guruhining asosiy qismi olib chiqilganidan keyin ham maslahatchilar apparatining katta qismi Suriya hududida o‘z ishini davom ettiradi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Suriya hukumat qo‘shinlarining barcha tuzilmalarida rossiyalik harbiy maslahatchilar bor. Shu paytga qadar Suriyada jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha harbiy vazifalarning 70 foizgacha bo‘lgan qismini RF harbiy-havo kuchlari guruhi bajarib kelgan.

“Bugun, Rossiya havo-kosmik kuchlari tomonidan Suriyadagi operatsiya yakunlanganidan so‘ng, harbiy harakatlarning asosiy og‘irligi yer usti operatsiyalariga jalb qilingan qo‘shinlar zimmasiga yuklanadi va maslahatchilar apparatining o‘rni, albatta, oshadi”, — deb tushuntirdi nomi keltirilmagan suhbatdosh.

Maslahatchilardan tashqari, Suriyada ta’minot tuzilmalari harbiy xizmatchilari hamda bir qator boshqa mutaxassislar qolishi ta’kidlab o‘tildi. Jami mamlakatda mingga yaqin harbiy qoldiriladi.

Bundan tashqari, jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Xmeymim va Tartus bazalari saqlab qolinishini, ular esa personalsiz faoliyat yurita olmasligini aytib o‘tdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн