Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

NYT: Saudiya Arabistoni neft narxini tushirib, o‘ziga og‘ir zarba berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 363           Дата: 15-03-2016, 15:55          
Saudiya Arabistoni 2014–2015-yillarda neft narxining tushishiga asosiy sababchi bo‘lgan davlatdir. Talab kamaygan bir sharoitda Ar-Riyod ishlab chiqarish sur’atlarini tushirish o‘rniga ko‘paytirdi, bu bozorda xomashyoning keragidan ortiq darajada to‘planishiga olib keldi. Saudiya Arabistoni neft yetkazishda ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladigan davlatlarni bankrotga uchratish uchun harakat qilgan edi, deb hisoblanadi. The New York Times kolumnisti Endryu Skott Kuperning fikricha, aslida u Eronning daromadini pasaytirishga intilgandi, lekin o‘z hisob-kitoblarida adashib, oqibatda katta zarar ko‘rdi. Kuperning asosiy dalillari va xulosalarini Meduza keltirib o‘tdi.

NYT: Saudiya Arabistoni neft narxini tushirib, o‘ziga og‘ir zarba berdi

Oxirgi yarim asr mobaynida jahon iqtisodiyoti Saudiya Arabistoni qo‘lida tutqundir. Qirollik qudratini namoyish qilgan birinchi aksiya 1973–1974-yillardagi energetik inqiroz edi: o‘shanda arab davlatlari G‘arb Qiyomat urushida Isroilni qo‘llab-quvvatlagani bois unga neft yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Neft narxining keskin oshib ketishi tufayli G‘arb mamlakatlarida yashash ancha qimmatlashib ketdi.

Saudiya Arabistoni AQSh va sobiq Ittifoq o‘rtasidagi sovuq urushni tugatishga o‘z hissasini qo‘shdi. 1985–1986-yillarda aynan rasmiy Ar-Riyod bozorni arzon neftga to‘ldirib yubordi, bu esa sovet iqtisodiyotining qulashiga olib keldi. Ko‘plar bunday qarorni qirollik AQSh prezidenti Ronald Reygan ma’muriyatining iltimosiga ko‘ra amalga oshirgan, deb hisoblaydi.

Ammo, Kuperning fikricha, G‘arb davlatlari o‘tmish darslarini unutmoqda, negaki ular hech qachon Saudiyaning asosiy nishoni bo‘lmagan. Sunniy mazhabidagi Saudiya Arabistoni mintaqaviy yetakchilik uchun har doim shia mazhabidagi Eron bilan tortishib kelgan va oxirgi yillarda bu kurashda xomashyo “qurol”idan foydalanayotganini yashirmayapti.

2006-yili Saudiya Arabistoni xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Navof Ubayd qirollik Eron iqtisodiyotiga zarba berish uchun neft narxini tushirishga tayyorlanayotgani haqida ochiq ogohlantirgan edi. 2008-yilda bu amalga oshirildi, natijada Eron Iroq, Livan va boshqa davlatlarda shialarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

2011-yili qirollik Eronda beqarorlik keltirib chiqarish maqsadida neft narxini tushirishini aytib tahdid qildi. 2014-yilda neft narxi tushib ketdi, ammo bu safar Ar-Riyod o‘ziga katta zarar keltirdi, deb hisoblaydi Kuper.

Qiyosiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Saudiya Arabistoni amaldorlari bir barrel neft narxi 60 dollardan pastga tushib ketishi mumkinligini taxmin ham qilmagan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Saudiya Arabistoni, agarda budjet xarajatlarini qisqartirmasa, 2020-yilda bankrotga uchrashidan allaqachon ogohlantirdi. Jahonning eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi xorijdan qarz mablag‘lari qidirishga majbur bo‘lmoqda. Mamlakat ichida qirol Salmon soliqlarni oshirishga, subsidiyalar va budjetning boshqa chiqimlarini qisqartirishga va’da bermoqda.

Shu bilan bir paytda Eron iqtisodiyoti sanksiyalarning bekor qilinishi hisobidan o‘sib boradi, u neftni sotish uchun yangi bozorlar qidira boshlaydi va, shu tariqa, Saudiya Arabistoniga uning o‘z quroli bilan zarba beradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн