Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

CNN IShIDning chechenistonlik qo‘mondoni o‘limidan xabar topdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 15-03-2016, 09:18          
IShID yetakchilaridan biri chechenistonlik dala qo‘mondoni Abu Umar ash-Shishaniy aviazarba natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda AQSh hukumatidagi manbalariga tayanib, CNN xabar berdi, deb yozadi Meduza.

CNN IShIDning chechenistonlik qo‘mondoni o‘limidan xabar topdi

Ash-Shishaniy yaralanishiga sababchi bo‘lgan xalqaro koalitsiya operatsiyasi rejalashtirilmagan edi va razvedka xizmatlarining terrorchi Suriyadagi tumanlardan birida IShIDning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqidagi ma’lumotlaridan so‘ng o‘tkazilgan edi.

Bombardimonlar koalitsiya samolyoti va bir nechta uchuvchisiz uchar qurilmalar tomonidan amalga oshirildi. Aviazarbalar natijasida IShIDning yana 12 jangarisi halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk IShID terrorchilik tashkiloti boshliqlaridan biri Abu Umar ash-Shishaniy 4-mart kuni Suriyadagi Shaddadi shahri tashqarisi AQSh tomonidan aviahujumga uchrashi natijasida yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.

Keyinroq Londondagi Inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha Suriya markazi rahbari ash-Shishaniyning tirik qolgani haqida bayonot bergan edi.

Shundan so‘ng olgan jarohatlari tufayli ash-Shishaniy klinik o‘lim holatiga tushib qolgani, sun’iy nafas apparatiga ulab qo‘yilgani xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн