Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: IShID boshlig‘i Umar ash-Shishaniy klinik o‘lim holatida qolmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 894           Дата: 14-03-2016, 09:01          
IShID boshliqlaridan biri Umar ash-Shishaniy klinik o‘lim holatida bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda “TASS” “Al-Arabiya” telekanaliga tayanib.

OAV: IShID boshlig‘i Umar ash-Shishaniy klinik o‘lim holatida qolmoqda

Suriya hududidagi nodavlat tashkilot vakili ma’lumotlariga ko‘ra, “bir necha kun avval olgan jarohatlari tufayli ash-Shishaniy klinik o‘lim holatiga tushib qolgan”. Ayni paytda IShID yo‘lboshchilaridan biri “mustaqil nafas ololmay qolgan, unga doimiy ravishda sun’iy nafas apparati zarur bo‘lmoqda”.

Ta’kidlanishicha, jarohatlar olgach, ash-Shishaniy Suriyaning Rakka shahri yaqinidagi kasalxonaga yotqizilgan, u yerda uni “professional chet ellik shifokorlar” davolamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk IShID terrorchilik tashkiloti boshliqlaridan biri Abu Umar ash-Shishaniy 4-mart kuni Suriyadagi Shaddadi shahri tashqarisi AQSh tomonidan aviahujumga uchrashi natijasida yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.

Keyinroq Londondagi Inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha Suriya markazi rahbari ash-Shishaniyning tirik qolgani haqida bayonot bergan edi.

Ash-Shishaniyning haqiqiy ismi Tarxan Taimurazovich Batirashvili, laqabi Umar Chechen bo‘lgan. U millati bo‘yicha gruzin bo‘lib, IShID tuzilmasida ko‘plab yuqori lavozimlarni egallagan, jumladan urush vaziri bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031