Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya sudi Zaman gazetasi sobiq muharririni hibsga olishga ko‘rsatma berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 329           Дата: 12-03-2016, 15:47          
Istanbul shahri sudi Zaman muxolif gazetasining sobiq muharriri Ekrem Dumanlini hibsga olish haqida qaror chiqardi. “TASS”ning Anadolu agentligiga tayanib xabar berishicha, u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqorat qilishda ayblanmoqda.

Turkiya sudi Zaman gazetasi sobiq muharririni hibsga olishga ko‘rsatma berdi

Gazetaning inglizcha versiyasi — Today’s Zaman’ning sobiq bosh muharriri Bulent Keneshga nisbatan ham shu ko‘rinishdagi ayblovlar ilgari surilgan. Ayblovni Keneshning o‘zi “xatolar yig‘indisi” deb atab, inkor qilmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, sud ko‘rib chiqayotgan, gazetaning veb-versiyasida chop etilgan material Twitter’da Fuat Avni nomi ostida tarqatilgan xabarlarga asoslangan edi. O‘z navbatida, Fuat Avni — hukumatga yaqin manbaning taxallusi.

2015-yil noyabrida Dumanli terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilish va hukumatni ag‘darish maqsadida fitna uyushtirishda ayblangan edi. U 2014-yil dekabrida ham “parallel tuzilma”ga aloqadorlikda ayblanib, izolyatorga joylashtirilgan edi. Ushbu “parallel tuzilma” yoki “maxfiy davlat” (Derin devlet) a’zolari, Anqara rasmiylarining nuqtai nazariga ko‘ra, amaldagi hukumatda turli lavozimlarni egallab keladi va hokimiyatni qo‘lga olish maqsadida ichkaridan qo‘poruvchilik harakatini yuritadi. Ushbu tuzilma a’zolarining ko‘pchiligi diniy muxolifatchi, AQShda yashayotgan Fathulloh Gulen yaratgan “Xizmat” harakati ishtirokchilaridir.

4-mart kuni Istanbul sudi Zaman gazetasi sohibi bo‘lgan Feza Gazetecılık media-guruhiga tashqi vasiylik tayinlash haqida qaror qabul qildi. Politsiya Turkiyada eng ko‘p sotiladigan gazeta tahririyatiga kelganida nashrni qo‘llab-quvvatlovchi bir necha yuz kishi binodagi ashyolarni musodara qilish va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga qarshi norozilik namoyishi doirasida tahririyat binosi oldida to‘plandi. Binoga kirish uchun politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va vodomyotlardan foydalandi.

Gazetaning nemischa versiyasi — “Zaman Germaniya” bosh muharriri Sulaymon Bagning aytishicha, hukumatning qatag‘onlari oqibatida nashr o‘z ishini Germaniyada davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentlik mansabiga o‘tirganidan buyon fuqarolarga nisbatan davlat rahbarini haqorat qilish yuzasidan 1845 ta ish ochilgan. Turkiya JKning 299-moddasi bunday huquqbuzarlik 1–5 yillik qamoq jazosi bilan jazolanishini ko‘zda tutadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031